Bilim


Saqlash
15:05 / 19.05.2023 0 11294

Bilim – ijtimoiy-tarixiy, amaliyotda tekshirilgan va mantiqan tasdiqlangan, voqelikni bilish jarayonida erishilgan natija; shu voqelikni inson ongida tasavvurlar, tushunchalar, muhokama va nazariyayalar orqali ifodalangan inʼikosi; kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida toʻplagan maʼlumotlari; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz bilim darajasiga koʻtarilishi uchun, birinchidan, maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, dalillar bilan asoslangani hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ana shu shartlarning uygʻunligi mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammal va aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi bilimi nisbiydir, u uzluksiz rivojlanib, boyib boradi. Bilim kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. Bilimlarni tadqiq etuvchi taʼlimot – epistemologiyada bilimning persetiv (hissiy), hayotiy va ilmiy bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotda bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilm doirasidan tashqari bilimlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shu kabi sohalarga oid bilimlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan bilimlar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) bilimlar deb atalsa, astrologiya, va shu kabi sohalarga oid bilimlar ezoterik (pinhoniy) bilimlar deyiladi. Ekzoterik bilimlar ilm-fan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik bilimlar bunday qoidalarga zid kelishi ham mumkin.

 

Bilish – maʼnaviy-ruhiy hodisa, insonning olamni anglash qobiliyati, saralangan, tartibga solingan, muayyan usul (metod) yordamida olingan, maʼlum mezonlarga (meʼyorlarga) muvofiq tartibga solingan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, odamlar va butun jamiyat tomonidan aynan bilish sifatida tan olinadigan axborot. Mazkur mezonlarga binoan bilishni uning amal qilish darajasiga koʻra ikki turga ajratish mumkin: kundalik yoki odatdagi va maxsus (ilmiy, diniy, falsafiy va boshqalar). Bilish shuningdek, turli sohalarda namoyon boʻladigan kasbiy va amaliy bilish ham mavjud. Bundan tashqari, shaxsga doir bilish, aqliy bilish, hissiy bilish kabi bilish shakllarini ajratish mumkin. Falsafa doirasida epistemologiya va gnoseologiya, fanlararo darajada – fanshunoslik, muayyan fanlarga doir bilish doirasida – bilish sotsiologiyasi kabilar mustaqil fan sohalariga aylangan. Shu maʼnoda, hozirgi davrda bilish usul va uslublari toʻgʻrisidagi soha – metodologiya ham alohida mustaqil yoʻnalishga aylanmoqda. Bugungi kunda mistik bilish, “okkult” bilish, “parapsixologik” bilish va hokazolarga bilishning alohida turlari sifatida qarala boshlandi. Aslini olganda, bularning barchasi inson maʼnaviy olamining serqirraligi, unda turli-tuman jihatlar mavjudligidan dalolat beradi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//