Biznes maʼnaviyati


Saqlash
17:05 / 18.05.2023 0 1224

Biznes maʼnaviyati – keyingi yillarda maʼnaviyat sohasiga kirib kelgan, biznes bilan shugʻullanadigan kishilarning butun umri davomida kuchiga kuch qoʻshishga, aql, idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashga xizmat qiladigan tushuncha. Maʼnaviyat va maʼnaviy boyliklar davlat, tashkilot, firma, korxona va biznesmenning bebaho xazinasi hamda taraqqiyot manbaidir.

 

Biznes sohasida maʼnaviy-axloqiy meʼyorlarni unchalik mensimaydigan baʼzi tadbirkorlar koʻproq muvaffaqiyatga erishaman deb oʻylaydi. Ularning nazarida agar ahloqiy tamoyillarga rioya qilinmasa, yutuq yoki foydani tezroq qoʻlga kiritish mumkin. Masalan, mijozlarni yoki sheriklarni aldagan biznesmen halol tadbirkorga qaraganda koʻproq foyda koʻrishi mumkin. Lekin bu foyda qisqa muddatli, bir yoki ikki marotabalik boʻlib, har doim ham shu yoʻl bilan foyda koʻrib boʻlmaydi. Mijozlar va sheriklar bunday biznesmen tomonidan bir-ikki marta aldangandan keyin u bilan aloqani uzadi. Bu esa oxir-oqibat uning bankrotlikka uchrashiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, bozor munosabatlari rivojlanib borgan sari firibgar va aldoqchilarning imkoniyatlari kamayib boradi. Chunki rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida isteʼmolchilarning ehtiyojlari kuchli himoya qilinadi, oshkoralik taʼminlanadi. Bu holatlar esa firibgarlar va aldoqchilar, sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatini cheklab qoʻyadi. Ikkinchi tomondan, bozor munosabatlarining yuqori darajada rivojlanishi uchun jamiyatdagi axloqiy munosabatlar muayyan darajada rivojlangan boʻlishi kerak. Maʼnaviy munosabatlar koʻp qirrali va murakkab hodisa. Ana shu murakkab tizimning iqtisodiy munosabatlar bilan bevosita aloqador boʻlgan halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, adolat, vijdonlilik kabi jihatlari bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Biznes axloqi maʼnaviyati uning tarkibiy qismi boʻlishi bilan bir vaqtda uning hosilasi hamdir.

 

Maʼnaviyat inson tafakkuri, aql-zakovati, butun faoliyatini tizginlab turuvchi hodisadir. Inson aqli qanchalik oʻtkir va qudratli boʻlmasin, uning maʼnaviyati tuban boʻlsa, bu aql va zakovat vayronkor kuchga aylanadi. Vayronkor kuch esa shaxsning atrofidagilarga, jamiyatga, oilasi va oʻziga ham katta zarar yetkazadi. Sogʻlom maʼnaviyat va uning tarkibidagi umuminsoniy qadriyatlar inson aql-zakovati, kuch-qudratini bunyodkorlik sari yoʻnaltiradi. Yuksak maʼnaviyat va insoniy ahloqning shu jihatlari Biznes maʼnaviyati va xulqida mujassamlashgan taqdirdagina u biznesmenning oʻziga ham, faoliyat sohasining rivojiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 656
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 900
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231352
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111739
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 63681
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53174
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48368
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38588
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36945
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 34200
“Avesto”

//