Beodoblik


Saqlash
15:05 / 18.05.2023 0 1016

Beodoblik – axloq-odob qoidalariga zid boʻlgan xususiyat, insonning oʻz faoliyatida boshqalar bilan boʻlgan munosabatida, iymon, insof, andisha, sharmu hayo, insonparvarlik kabi axloqiy mezonlar chegarasidan chiqishini anglatuvchi tushuncha. U muayyan maqsad yoʻlida va maqsadsiz amalga oshirilishi mumkin. Boshqa bir tasnif boʻyicha beodoblik anglangan va anglanmagan koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Anglangan beodoblikni odam bilib turib, yomon niyatda amalga oshiradi. Anglanmagan beodoblikga odam axloqiy majburiyatni notoʻgʻri tushunishi sababli yoʻl qoʻyishi mumkin. Beodoblik meʼyori muayyan xatti-harakatning mazmuniga, uning amalga oshirilishidagi shart-sharoitlar, shuningdek, uni shu ishni qilishga majbur qilgan motiv va niyatlarga bogʻliq. Beodoblik tugʻma xususiyat emas, balki tarbiyasizlik mahsulidir. Shuning uchun xalqimizda “Olim boʻlish oson, odam boʻlish qiyin” degan naql bor. Sukut beodoblik, qoʻpollik yoki hasad yuzaga keltirgan har qanday kelishmovchilikka qarshi eng toʻgʻri javobdir. Boʻlgan-boʻlmagan narsani takror-takror soʻrayverish ham beodoblikdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51275
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39120
“Avesto”

//