Bemehr(lik)


Saqlash
21:05 / 16.05.2023 0 1411

Bemehr(lik) – insonning boshqalarga nisbatan salbiy yoki neytral tus olgan hissiy munosabatini ifoda etuvchi tushuncha. Bemehrlikni ikki maʼnoda talqin etish mumkin: birinchidan, u odamlarga nisbatan salbiy munosabat, tajovuz va shafqatsizlikni anglatsa, ikkinchidan, befarqlik, toshbagʻirlik shakli sifatida namoyon boʻladi.

 

Bemehrlik odamda oʻzgalarga nisbatan koʻpincha loqaydlik, befarqlik yaqqol namoyon boʻladi. Masalan, kasal odamga kuyunmaslik, muhtoj odamga yordam qoʻlini choʻzmaslik yoxud halokatli hodisani indamay kuzatib turish bemehrlik alomatidir. Bemehrlik maʼlum maʼnoda inson qalbining hissiy olami, unda oʻzgalarga nisbatan shakllangan empatiyaga (oʻzgalar holatini his etish) bogʻliq. Shu maʼnoda, bemehrlik insonning yoshlik davridan oila muhitida shakllanadigan munosabati shaklidir. Bu davrda bola tarbiyasiga eʼtiborsizlik, qoʻrs va qoʻpol munosabatda boʻlish, kamsitish, oilada ota-ona va farzand munosabatlaridagi hissiy gʻariblik uning hayotida oʻzgalarga nisbatan mehr hissining yetarli darajada shakllanmasligiga sabab boʻladi. Yaqinlariga mehr-oqibatli boʻlgan inson qalbida mahalladoshlari, kasbdoshlar va boshqa kishilarga nisbatan mehr hissi shakllanishi shubhasizdir. Shu bilan bir qatorda, insonning maqsadga intilishi yoʻlida ortiqcha hissiyotlarni tizginlay olish qobiliyati, ayrim hollarda masalaga xolis yondashish gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, farzand tarbiyasida bolaga haddan tashqari mehr qoʻyish uning taltayib ketishiga, qatʼiyatsiz, irodasi zaif boʻlib voyaga yetishiga olib kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51275
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39120
“Avesto”

//