Beburd(lik)


Saqlash
21:05 / 16.05.2023 0 1115

Beburd(lik) – kishining salbiy psixologik xususiyati boʻlib, mazkur ibora lafzsizlik, subutsizlik, qatʼiyatsizlik soʻzlari bilan maʼnodosh tushuncha. Beburdlik ijtimoiy hodisa sifatida nafaqat insonni, balki butun boshli jamiyatni tanazzulga yetaklovchi illat sifatida ifodalanadi. Beburdlikning alomatlari soʻzda turmaslik, vaʼdaga vafo qilmaslik, qatʼiyatsizlik va munofiqlik kabilarda namoyon boʻladi. Beburdlik inson uchun ogʻir dard boʻlib, boshqalarda salbiy taassurot uygʻotadi.

 

Atrofdagilarning ishonchini yoʻqotgan subutsiz va munofiq kimsalar oʻzligidan ham mahrum boʻladi. Insonning ichki dunyosi, hayotiy tamoyillari, xulq-atvori, yurish-turishiga qarab u mansub boʻlgan millat va jamiyat haqida xulosa chiqariladi. Masalan, yuksak maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk, umuminsoniy fazilatlarni oʻzida mujassam etgan, oʻz soʻzida sobit mard va jasur insonlar xalq obroʻ-eʼtiboriga sazovor boʻlsa, jamiyat qonun-qoidalariga rioya qilmaydigan axloqsiz, xudbin, munofiq va beburd kimsalar el nafratiga duchor boʻladilar. Kishining xulq-atvori uning dunyoqarashiga bevosita bogʻliqdir. Ota-onasini eʼzozlaydigan, qatʼiyatli, ahdiga vafodor, jasur va mard insonlar buyuk ishlarga qodir boʻladi. Ular hech qachon Vatanga xiyonat qilmaydi, milliy ravnaqi va yurt farovonligi yoʻlida jonini ham ayamaydi, bor isteʼdodi va salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga safarbar etadi. Soʻzining ustidan chiqmaydigan, atrofdagilarga befarq, qatʼiyatsiz, beburd va munofiq kimsalar oʻzi tugʻilib oʻsgan Vataniga xiyonat qilishgacha borishi mumkin.

 

Mustabid tuzum davridagi baʼzi beburd amaldorlarning qatʼiyatsizligi va irodasizligi, oʻz manfaatini xalq manfaatidan, oʻz tinchini yurt taqdiridan afzal bilgani sababli mamlakatimiz haqida turli xil noxush tasavvurlar uygʻonishiga sabab boʻlgan edi. Bugungi kunda odamlarimiz, jamiyatimiz mafkurasida Vatan, yurt gʻoyasi ustuvor boʻlmogʻi, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak bilimga ega boʻlgan, oʻz soʻzida sobit turadigan, mard, jasur va qatʼiyatli insonlar etib tarbiyalash – bugungi kunning muhim vazifasidir. Bunday avlodning voyaga yetishi davlatimizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yanada yuksaltirish, mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallashining mustahkam garovidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 300
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 545
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229487
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110611
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61033
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49774
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45157
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37541
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35687
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32693
Kompetentlik

//