Bagʻrikenglik


Saqlash
20:05 / 16.05.2023 0 35012

Bagʻrikenglik (tolerantlik) – oʻzgalarga nisbatan mehr-muruvvatli, gʻamxoʻr, saxiy, keng feʼlli boʻlgan, ana shunday maʼnaviy fazilatlarga ega kishilarni ifodalovchi tushuncha. Bagʻrikenglik oʻzgalarning dunyoqarashi, diniy eʼtiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, anʼana-marosimlariga hurmat-ehtiromda boʻlish, muomala-munosabatda kamsitish va tahqirlashlarga yoʻl qoʻymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-koʻyda bunga rioya etishni anglatadi. Mazkur tushuncha turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, tinch-osoyishta yashashini ifoda etadi. Bagʻrikenglik ayrim shaxslarga yoki butun bir xalqqa xos xususiyat boʻlishi mumkin. Bagʻrikenglik – oʻzbek xalqining eng olijanob fazilatlaridan biridir.

 

Bagʻrikenglik milliy va diniy tusda namoyon boʻladi. Milliy bagʻrikenglik – millatlararo totuvlikni anglatsa, diniy bagʻrikenglik – turli diniy konfessiyalarga mansub kishilarning hamjihatlikda yashashini bildiradi. Turli dinlarga eʼtiqod qiluvchilar bilan hech bir dinga eʼtiqod qilmaydiganlar oʻrtasidagi hamjihatlik, hamkorlik va oʻzaro hurmat ham bagʻrikenglikka kiradi. Bagʻrikenglik tor mutaassiblikka zid tushunchadir. Umuminsoniy qadriyatlarni qadrlaydigan, yuksak maʼrifatli inson hech qachon diniy va milliy ayirmachilik yoʻlidan bormaydi, balki barchaga barobar ehtirom va odobda boʻladi. Oʻzbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridanoq izchil amalga oshirilayotgan bagʻrikenglik siyosati milliy taraqqiyot, mamlakatda qaror topgan osoyishtalikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bagʻrikenglik dunyodagi turfa madaniyatlar, turli xalqlar milliy qadriyatlari, anʼana va urf-odatlarini hurmat qilishni anglatadi. Bunday bagʻrikenglik keng dunyoqarash, samimiy munosabat, hur fikr, vijdon va eʼtiqod negizida vujudga keladi. Bagʻrikenglik faqat maʼnaviy burchgina emas, siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bagʻrikenglik, eng avvalo, insonning huquq va erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Bu tamoyil asoslari Konstitutsiyamizning alohida moddalarida mustahkamlab qoʻyilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//