Bachkana(lik)


Saqlash
20:05 / 16.05.2023 0 938

Bachkana(lik) (forscha bolalarcha, bolalarga xos) – katta yoshdagi kishilarga yarashmagan qiliqlar, bolalarcha mulohaza yuritadigan, qisqa oʻylaydigan, yuzaki va xom fikrlaydigan kishini anglatadigan tushuncha. Odamning maʼnaviy qiyofasi uning xatti-harakatlarida namoyon boʻlar ekan, kishi yoshi, mansabi, mavqeiga yarasha yoʻl tutmasa, uning ishi va qiliqlari oʻzgalarning gʻashiga tegadi. Shuning uchun bachkanalik qilgan kishilarga “yoshingga qarab ish qilgin”, deb dashnom beriladi. Bachkanalik odamni insonlik martabasidan mahrum etadi, bunday kishilar el oʻrtasida hurmatini yoʻqotadi. Abdulla Qahhor “Toʻyda aza” hikoyasida yoshini unutgan kishining fojiasini ochib bergan.

 

Elda hurmat va muhabbatga sazovor boʻlgan, yoshi anchaga borgan domla yosh juvonga uylanish fikriga keladi va butkul oʻzgaradi, bachkana qiliqlar qila boshlaydi. Domla yoshiga yarasha ish qilmagani tufayli hatto mahallaning ham fayzi ketgandek boʻladi. Hurmat tuygʻusi gʻazabga aylanadi. “Bu gʻazab odamlarning koʻnglidagi domlaga boʻlgan hurmat va muhabbat tuygʻusini chirita boshladi. Bora-bora domla deganda odamlarning koʻngliga gʻashlik tushadigan boʻlib qoldi”. Bachkanalikni mutafakkirlarimiz odamiylikka zid illat sifatida qoralab kelganlar. Masalan, Nosir Xusrav nazarida “Qirq yoshda ham aqlu odob boʻlmasa, // Boʻladi undayni odam demasa!”.

 

Kaykovusning fikricha, “Oʻziga oro bergʻon qaridin qochgʻil, nedinkim zohirin bezagʻon qari johil yigitdan yomonroqdir...”. “Barcha xaloyiqning umri quyosh yangligʻdur: yigitlarning quyoshi mashriqdadur, qarilarning quyoshi magʻribdadur va magʻribda boʻlgʻon quyosh tez botgusidur. Bu sababdin qarilarga yigitlar feʼlin qilmoq nomunosibdur”. Alisher Navoiy bachkanalik odamni behuda ovorai sargardonlikka mubtalo qilishini uqtiradi: “Havas boʻlsa qarigʻa navjuvonlik, // Hijolat zohir aylar sargardonlik”. Xullas, xalqimizda bachkanalik yuksak maʼnaviyatga mos kelmaydigan illat sifatida qoralanib, unga hamma zamonlarda salbiy qusur sifatida munosabatda boʻlib kelingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//