Baxil(lik)


Saqlash
20:05 / 16.05.2023 0 1713

Baxil(lik) – biron-bir shaxsning oʻsishi, obroʻ-eʼtibori oshishi, yutugʻi va isteʼdodini ichichidan koʻra olmaslikni ifodalovchi tushuncha. Baxil(lik) shaxsiyatparast, xudbin va koʻngli qora kishilarga xos xususiyat boʻlib, odamlar oʻrtasidagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarga salbiy taʼsir qiladi, ularni buzadi, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatga putur yetkazadi, jaholatni kuchaytiradi. Baxil kishilar boshqalarning baxtsizligi, notinchligi, muvaffaqiyatsizligidan mamnun boʻladi. Baxillik xalq ogʻzaki ijodi namunalari – hikoya, ertak va dostonlarda ham eng yaramas odat sifatida tasvirlangan. Qurʼoni Karim va hadislarda baxillik harom ishlar va yaramas xulqqa yetaklovchi illat sifatida qoralangan.

 

Baxil maʼnaviyati kemtik, birovga hech narsani ravo koʻrmaydigan, qizgʻanchiq, xasis kabi iboralar bilan maʼnodoshdir. Hadisi sharifda bayon etilishicha, “Odamlarning eng yomoni oʻz ahliga baxillik va qizgʻanchiqlik qiladiganidir”. Baxil kishi oʻz xulqi bilan Vatanning gullab-yashnashiga, jamiyatning boyishiga, uning maʼnaviy taraqqiyotiga toʻgʻanoq boʻladi. Baxillikning asosida insonning oʻzini boshqalar bilan taqqoslashi yotadi. Agar biror kimsa oʻzini muttasil “Men oʻzgalardan koʻra aqlliroqman”, “Men doimo haqman” deb oʻylasa, u holda oʻzidan aqlli, baxtli odamlarni koʻrganda hasadi kelib, ularga nisbatan baxilligi oshadi.

 

Baxillik hasad hissi asosida yuzaga keladi va doimo u bilan yonma-yon yuradi. Hasad bu amalga oshmagan baxillikdir. Baxillik esa koʻngildagi mavjud hasadni amalga chiqarishdir. Oʻzgalarning yutugʻini koʻrolmaslik oqibatidagi baxil odamlarning yangi marralarni zabt etishiga toʻgʻanoq boʻladi, yaʼni baxil kimsa oʻzi ham yangilikka intilmaydi, boshqalarning ham faol boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi. Agar chinakam erkinlik insonning oʻz-oʻzini boshqarishi bilan belgilansa, koʻnglida hissiyotlar ustun turadigan va xulqi hislari orqali boshqariladigan odam hech qachon ozod va erkin boʻla olmaydi. Faqat oʻzi va oʻz xulqini boshqarish qobiliyati orqaligina inson haqiqiy erkinlikka va farovon hayotga erishishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//