Barqarorlik


Saqlash
20:05 / 16.05.2023 0 9454

Barqarorlik (ijtimoiy, maʼnaviy) – jamiyatda hukm surayotgan tinch-totuvlik, birdamlikni asrab-avaylash va mustahkamlashga asoslangan tinch shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, guruh va siyosiy partiyalar oʻrtasidagi hamjihatlik; davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar oʻrtasidagi mustahkam hamkorlik qaror topganini anglatadigan tushuncha.

 

Xitoy donishmandi Konfutsiy “Farovonlikka erishish – orzu, islohotlar – unga yetish vositasi, barqarorlik bu – maqsadga erishishning asosiy shart-sharoitidir”, deya bejiz taʼkidlamagan. Gʻarb olimlari R.Darendrof va A.Kozer aslida barqarorlik hech qachon mavjud boʻlmaydi, u beqarorlik arafasidan keyingi holat, jamiyatning yangi beqarorlik oldidan tin olish davri, degan fikrni ilgari surgan. Bundan farqli oʻlaroq, T.Parsons “Ijtimoiy tizim barqarorligi qoidalari”ni ishlab chiqishga harakat qilgan. Uning fikricha, har qanday jamiyatning barqarorligi uning ijtimoiy tuzilishini tashkil etadigan elementlar faoliyatining oʻzaro uygʻun boʻlishi bilan belgilanadi. Ana shu uygʻunlik doimiy barqarorlik omilidir. Bunda davlatning vazifasi jamiyatning eng kichik boʻgʻinlari, jamoalar, tashkilotlar, idoralar orasidagi mutanosiblikni saqlash va mustahkamlashdan iborat.

 

Tarixdan maʼlumki, jamiyat yaxlitligining tayanchlari boʻlmish iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy munosabatlar va maʼnaviy sohalarda barqarorlikning izdan chiqishi odatdagidan koʻra kuchliroq ijtimoiy nomutanosiblikning yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Bunday salbiy jarayonlar maʼnaviyat sohasida ham sodir boʻlishi mumkin. Ularning sabablarini iqtisodiy yoki siyosiy omillar taʼsiri bilan izohlab boʻlmaydi. Giyohvandlik, axloqsizlik, inson zotiga yarashmaydigan boshqa xatti-harakatlar ham barqarorlikka salbiy taʼsir etuvchi omillardir. Barqarorlik masalasi 1989-yilda Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan Umumjahon Konferensiyasida ilk bor siyosiy konsepsiya darajasiga koʻtarilgan edi. Barqarorlik konsepsiyasida siyosiy jabhaning yaqqol ustuvorligi koʻzga tashlansa-da, global muammolar yechimini izlab topish inson maʼnaviy dunyosi, aqliy salohiyati, ulkan bunyodkorlik qudratining toʻliq safarbar etilishi bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin barqarorlik jamiyat taraqqiyotining, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning asosiy sharti, maʼnaviy yuksalish omiliga aylandi. Milliy taraqqiyot modeli ham mamlakatni barqaror va bosqichma-bosqich taraqqiy ettirish tamoyiliga asoslangan.

 

Barqarorlik bu boradagi barcha islohotlar va tadrijiy oʻzgarishlarni amalga oshirishning asosiy sharti, mamlakatimizdagi tinch-totuvlikning ajralmas hamrohidir. Shu bilan birga, jamiyatimiz barqarorligi, xalqimiz tinch-totuvligini asrab-avaylash va mustahkamlash, himoyalashga tayyor turish, bu borada hushyor va ogoh boʻlish barchamizning maʼnaviy burchimizdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 220
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 250
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 261
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 309
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224677
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107665
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54991
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39880
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39701
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31035
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30483
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29886
Alpomish

//