Bardosh


Saqlash
20:05 / 16.05.2023 0 899

Bardosh – maʼnaviyatli insonning sifatlaridan biri, chidam, sabr, qanoat kabi soʻzlar bilan ifodalanadigan tushuncha. U koʻproq matonat tushunchasiga yaqinroq. “Inson har bir ishni sabr va matonat ila yurutsa, maqsudiga tinch va rohatga borub yetar. Hamisha saodatda yashar” (Abdulla Avloniy). Bardosh insonning oʻz harakatlarini maqsadga yoʻnal tira bilish, qiyinchiliklarni yengib oʻtish, hissiyotlarni, jahlni nazorat qila olish, qiyinchilik va muammolar bilan toʻqnash kelganda qatʼiyat bilan bardosh bera olish kabi hislatlarni anglatadi. Bardosh keskin, murakkab vaziyatda yuksak maʼnaviyat ifodasining ruhiy-xulqiy sharti sifati namoyon boʻladi. Bardoshli boʻlish insonning shaxsiy hayoti, oʻz-oʻzini anglashi, maʼnaviy yuksalishi, axloqiy sifatlarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bardosh tushunchasi masʼuliyat, chidamlilik, or-nomus, qadr-qimmat, kelajak sari intilish kabi fazilatlarni ifoda etib, insonning maʼnaviy yuksalib borishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, bu tushuncha mamlakat taraqqiyotining burilish pallasida, yangi jamiyat qurish, porloq istiqbol sari intilish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51276
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39120
“Avesto”

//