Badnafs(lik)


Saqlash
19:05 / 16.05.2023 0 1243

Badnafs(lik) – nafsini tiya olmaslik, ochkoʻzlik; mol-dunyo, boylikka haddan ortiq hirs qoʻyish kabi maʼnaviy illatlarni anglatadigan tushuncha. Badnafslik barcha zamon va xalqlarda insonni toʻgʻri yoʻldan ozdiradigan yaramas illat sifatida qoralanib kelingan. Qadimgi yunon asotirlaridayoq nafsini tiya olmaganlarning halokatli ahvoli haqida hikoya qilinadi. Masalan, mol-dunyoga toʻymaydigan shoh Midas badnafslik illatiga duchor boʻladi. Ochkoʻz Midas oʻz xizmati uchun Dionisdan nimagaki qoʻl ursa oltinga aylanishini soʻraydi va badnafslik tufayli abadiy ochlikka mahkum etiladi. Nafsni tiya olgan odamgina yuksak martabaga ega boʻlishi mumkin. “Nafsini tiygan kishi sulton boʻlur, Nafsini tiymagan kishi ulton boʻlur” deydi xalqimiz. Badnafslik insonni eng yomon yoʻllarga boshlaydi. Oʻzbek xalqida badnafslikning halokatli oqibatlari ifodalangan maqollar koʻp. Masalan, “Nafsning soʻziga kirma, u xiyonatga yoʻl ochadi”, “Olgʻirlik ofat keltiradi, Badnafslik – halokat”, “Nafsning yomoni – baloning koni” va hokazo. Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va Navoiy asarlarida bu borada ibratli fikrlar koʻp.

 

Mashhur italiyalik shoir Dante Aligyeri “Ilohiy komediya” dostonida badnafslik, yeb toʻymas mechkaylarni doʻzaxga joylaydi. Rus shoiri A.S.Pushkin esa “Oltin baliqcha” ertagida badnafslik qanday oqibatlarga olib kelishini tasvirlaydi. Unda nafsini tiya olmagan ochqoʻz kampir badnafslik tufayli ohir-oqibat yorilgan togʻorasi bilan qoladi. Islom dinida ham ham badnafslik, ochkoʻzlik qoralangan. Masalan, sahih hadislarda taʼkidlanganidek, “Hech kim dinni Islomni ochkoʻzlik buzganchalik buza olmaydi” (717), “Kishidagi sifatlarning eng yomoni oʻta ochkoʻzlik bilan qattiq qoʻrqoqlikdir” (508), “Podaga qoʻyib yuborilgan ikkita och boʻrining zarari kishining molga va obroʻga boʻlgan hirsi uning diniga keltirgan zarariga teng emasdir” (703). Sharq mutafakkirlarining fikricha, badnafslik amaldorlar jamiyatni izdan chiqarib, oʻzini ham, saltanatni halokatga mahkum etadi. Shayx Saʼdiy bu xususda shunday deydi: «Nafs tizginini nopoklikdan qaytaruvchilar, yaramas ishlardan saqlanuvchilar mardlik, bahodirlikda Narimon va Rustam Zoldan yuqori turadilar. Chunki nafs bilan kurashish, jang qilish – boshqa dushmanlar bilan jang qilishdan qiyinroqdir. Sen ilmu adabni qoʻlga ol, adab gurzisi bilan dushmanning – nafs boshiga ur, chunki insonning nafsidan katta dushmani yoʻqdir. Agar sen aql va fikr egasi boʻlsang, hadeb nafsing orzusiga yoʻl beraverma. Agar nafsingning hamma orzusini bajo etsang, uni semirtirsang, u seni bir kun halokat chuquriga tashlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 300
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 545
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229487
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110611
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61033
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49774
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45157
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37541
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35687
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32693
Kompetentlik

//