Badiiylik


Saqlash
19:05 / 16.05.2023 0 3843

Badiiylik – adabiyot fanining asosiy kategoriyasi hisoblanib, borliqni, reallikni aks ettirish, insonning olamga boʻlgan estetik munosabatlarini ifodalashning oʻziga xos shakli, voqelikni anglash va idrok etish, badiiy timsollar orqali tasvirlash usuli.

 

Badiiy ijod – adabiyot va sanʼat fenomeni, ilhom bilan bogʻliq maʼnaviy hodisalardan biri, estetik ijod shakli. U tarixiy mazmunga ega boʻlib, sanʼat va adabiyot turlari yoʻnalishlari bilan bogʻliq. Insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida klassitsizm, romantizm, tanqidiy realizm, naturalizm kabi yoʻnalishlar hamda shunday badiiy ijod usullari shakllangan va rivoj topgan.

 

Badiiy adabiyot – jamiyat va xalq maʼnaviyatida muhim oʻrin tutadigan ogʻzaki yoki yozma shakldagi badiiy soʻz sanʼati. Badiiy adabiyot qadim-qadimlardan dastlab xalq ogʻzaki va yozma ijod namunalari tarzida yuzaga kelgan, musiqa va dramatik sanʼatga xos xususiyatlar: harakat, soʻz va musiqa bilan aloqada boʻlgan. Badiiy adabiyotda insonning mehnat faoliyati, mifologiyasi, tarixiy, diniy qarashlarini ifodalagan. Qoʻshiqning asta-sekin marosim tomoshalaridan va soʻzning qoʻshiqdan ajralib chiqishi, sheʼr yoki nasriy asarni ogʻzaki ijro etishdan yozma holatga oʻtilishi va uning keyingi mukammallashuvi jamiyatning turli milliy-tarixiy shakldagi davomli taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq. Yozuvning paydo boʻlishi adabiyotning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Natijada ogʻzaki hikoya va qoʻshiq shaklidagi adabiyot oʻqish, anglash mumkin boʻlgan yozma adabiyotga aylandi. Badiiy adabiyot kishi ongidagi har bir narsani ifodalashga, uni cheksiz masofa va davrlargacha yetkaza olishga, hayotni bir paytning oʻzida koʻp jihatlari bilan qamrab olish imkoniyatiga egadir. Hayotning serqirraligi, ijtimoiy munosabatlarning murakkab va chigalligiga qarab badiiy adabiyotda ularni tasvirlashning epos, lirika va drama kabi oʻziga xos shakllari boʻlib, ularning har biri turli janrlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy adabiyot normativ, ogʻzaki soʻzlashuv tilini, sheva va kasb-hunarga oid til birliklarini qamrab oladi. Shuning uchun badiiy adabiyot tili adabiy tilga qaraganda keng qamrovli boʻlib, umumxalq tilining rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Badiiy adabiyot nafaqat hayotning haqqoniy inʼikosini yaratadi, balki kishilarning estetik tuygʻu va tafakkurini tarbiyalash, barkamol inson boʻlib shakllanishida faol ishtirok etadi. Badiiy adabiyotning bosh vazifasi esa inson qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafratni uygʻotishga qaratiladi. Xullas, badiiy adabiyot insonning maʼnaviy yuksalishiga faol taʼsir koʻrsatuvchi omildir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//