Badgumonlik


Saqlash
18:05 / 16.05.2023 0 835

Badgumonlik (forscha bad – yomon; gumon; faraz, fikr, shubha; lik – ot yasovchi qoʻshimcha) – shubhalanish, hadiksirash, ishonmaslik holatini ifodalovchi tushuncha. Badgumonlik asosan inson feʼli bilan bogʻliq boʻlib, xalqimiz tafakkurida odamning yomon feʼlidan kelib chiqadigan salbiy illat hisoblanadi.

 

Bu holat xalqimizning “Gumon doʻstdan ajratar”, “Gumon imondan ajratar”, “Gumondor koʻngildan gumon arimas” kabi maqollarida qoralangan. Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy badgumonlikni ahmoqlik belgisi sifatida quyidagicha taʼriflaydi: “Hamoqat aql va maʼrifatning kamligindan hosil boʻladurgon eng yomon xulqlardan biridur... Ahmaq kishilarni(ng) bir ishda aqliy va naqliy dalillar ila koʻndirib boʻlmas”. Badgumonlik gʻaraz, gʻayirlik, koʻngil qoralik, gʻiybat, chaqimchilik koʻrinishida ham namoyon boʻladi. Badgumonlik kishining nafsoniyati, iffatiga tegadi, koʻnglini chilparchin qiladi. Bu borada Bedil shunday deydi: “Yomon soʻzlar ilan dillarga zahmat bermagil, Bedil, Na yerda toshni jinsi boʻlsa, boʻlgʻay shishaga dushman”. Oʻzgalarning badgumonligiga uchragan kishi ruhiy muvozanatini yoʻqotadi, odamlarga boʻlgan ishonchi soʻnadi, oʻzini behuda haqoratlangan hisoblaydi, natijada u jamiyatdan ajralib, odamovi boʻlib qolishi, hatto atrofdagilarga nisbatan dushmanlik hissini tuya boshlashi mumkin. Shuning uchun ham behuda badgumonlik barcha xalqlarda maʼnaviyatga zid yomon illat sifatida qoralab kelingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51276
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39121
“Avesto”

//