Ahura Mazda


Saqlash
18:05 / 16.05.2023 0 1919

Ahura Mazda – Avesto taʼlimotida zulm va qabohat egallagan dunyoga, shu jumladan, umidsizlikka uchragan kishilar qalbiga yorugʻlik, ezgulik nurini taratuvchi, kishilarni oʻz kuchiga, kelajakka ishonchini mustahkamlashga va unga yoʻnaltiruvchi qudratli kuch sifatida madh qilinadi.

 

Ahura Mazda – qudratli, dunyoviy aql maʼnosini ifoda etadi. Miloddan avvalgi 2-mingyillikning oxirlari va 1-mingyillik boshlarida Amudaryo etaklariga kelib oʻrnashgan qabilalarda monoteistik (yakkaxudolik) dunyoqarashga katta ehtiyoj yuzaga keladi. Turli totem, sanam yoki tangrilarga sigʻingan bu qabilalarning eʼtiqodlarini bir gʻoya atrofida birlashtirish, yerli xalq oʻrtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish uchun vohadagi barcha kishilarning dunyoqarashlariga mos tushadigan, kelajak orzu-umidlarining ifodasi sifatida izchil gʻoyalar tizimining yaratilishiga zarurat tugʻiladi. Bunday tizimni butun olamning qudratli hukmdori boʻlmish yakka xudo timsolini yaratish orqali erishish mumkin edi. Ana shunday tarixiy zarurat tufayli yakka xudo – Ahura Mazda toʻgʻrisidagi tasavvurlar shakllandi. Ahura Mazdaga eʼtiqod qilishga daʼvat etish paygʻambar Zardusht faoliyati orqali amalga oshirildi. Zardusht taʼlimoti kishilarni yagona tangri atrofida uyushishga chorlash orqali yerda yakka qudratli qaviylar-kaylar (podsholar) saltanati atrofida jipslashishga chaqiruvchi, ulugʻ maqsadlar sari yoʻnaltiruvchi oʻz davrining mafkurasi boʻlib shakllandi.

 

Ahura Mazdani Xorazmda – Xurmuz, Eronda Ormozd, yunonlarda esa Armuzd deb atash rasm boʻlgan. Ahura Mazda obrazi oʻrta Yer dengizi boʻylarida, Eron imperiyasiga qaram boʻlgan shaharlarda ham keng tarqalgan. Bu timsolning taʼsirini hatto yunon falsafasida ham kuzatish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//