Tarixdagi eng halokatli changli bo‘ron


Saqlash
22:11 / 06.11.2021 0 1062

 Ikki kundan buyon poytaxtni qamrab olgan chang-g‘uborli tuman ko‘pchilik uchun noodatiy tuyulayotgani tabiiy. Bunday tabiat hodisasini keltirib chiqargan sabablar bir kunda yoki bir yilda paydo bo‘lib qolmagan, albatta. Yillar davomida tabiatga yetkazilgan zarar natijasi tarixda ham ko‘plab kuzatilgan. Bugun dunyodagi eng kuchli chang bo‘roni haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz. 

 

1935-yil 14-aprelda sodir bo‘lgan “Qora yakshanba” nomi bilan mashhur bo‘ron Amerika tarixida eng halokatli voqea sifatida baholangan. Kuchli shamol natijasida qo‘zg‘algan 300 million tonna chang iqtisodiyotga va qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazgan edi. 

 

Black Sunday: 80 years ago Tuesday, a dust storm like no other rolled into  Oklahoma

 

O‘sha kuni tekislikda joylashgan bir nechta shtatlarning aholisi atrofda chang bo‘roni tarqalayotganini ko‘rgach, yashirinishga majbur bo‘ldi. Bo‘ron dastlab Oklaxoma shtatining shimoli-g‘arbiy qismini qopladi. Shundan so‘ng Texas tekisliklari tomon tarqaldi. Qurg‘oqchilik, eroziya va kuchli shamol changning yuqori tezlikda tarqalishiga olib keldi.

 

Aslida, voqea 1930-yillarda Kanada va Amerika Qoʻshma Shtatlari dashtlarida  boshlangan edi. Yillar davomida to‘xtamagan “Qora bo‘ronlar” sharqiy shtatlardan to Meyndan Arkanzasgacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga ta'sir ko‘rsatdi. 1934-yilga kelib ular Shimoliy Dakotadan Texasgacha va Missisipi daryosi vodiysidan Rokki tog‘larigacha cho‘zilgan yerlarga yetib keldi.

 

Video: The Dust Bowl | Geology

 

Albatta, ushbu dahshatli halokat o‘z o‘zidan  boshlanmadi. 1930-yilga kelib, hududning oʻtloqli tekisliklari dehqonlar tomonidan haddan tashqari o‘zlashtirilib, chorvachilikka katta e’tibor qaratildi. Natijada, yuzaga kelgan tuproq eroziyasi 1931-yilda boshlangan sakkiz yillik qurg‘oqchilik bilan birgalikda dehqonlar uchun og‘ir vaziyat yaratdi. Ekinlar va korxonalar barbod bo‘ldi, chang bo‘ronlari sonining ko‘payishi odamlardagi turli kasalliklarni olib keldi, halok bo‘lgan aholi soni oshdi. O‘simlik va hayvonot dunyosida ham katta talafotlar kuzatildi... Ko‘plab aholi Kaliforniya kabi boshqa shtatlarga ish izlab qochib ketdi.

 

1930-yillarning oʻrtalarida maʼmuriyat dehqonchilik inqirozini yumshatishga yordam beradigan dasturlarni joriy qildi. 1935-yilda qishloq xo‘jaligi departamentida Tuproqni muhofaza qilish xizmati  tashkil etilgani ana shu tashabbuslar qatorida bo‘ldi. 1939-yilda yomg‘irlar yog‘ib, qurg‘oqchilik tugagach, chang bo‘ronlari davri ham o‘z nihoyasiga yetdi.

 

Does the Dust Bowl stack up to today's disasters?

 

 “...dunyodagi hech qanday yorug‘lik atrofimizda aylanib yurgan xiraliklar orasiga kira olmadi”, “...bir qarashda bulutlar yaqinlashib kelayotganga o‘xshaydi, ammo ularning rangi qora... Bo‘ron yaqinlashgani sayin yashillik ham ko‘rinmay qoldi. Undan faqat qanoti kuchlilar qochib qutula oldi, kuchsiz qushlar esa yerga yiqildilar...” kabi qaydlar odamlarning xotira daftarlarida qolib ketdi...

 

Halokatli chang bo‘roni haqida ko‘plab kitoblar yozildi, filmlar suratga olindi, qo‘shiqlar kuylandi. Bu san’at asarlari hozirda ham qiymatini yo‘qotmagan, ular xuddiki insoniyatga tarixidan so‘zlab berayotgan tabiatni yodga solib turadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1251
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 234
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 252
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 192
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 209
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223146
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106742
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48716
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36945
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35338
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29614
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28526
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28415
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//