Aqliy va jismoniy mehnat


Saqlash
18:05 / 16.05.2023 0 9427

Aqliy va jismoniy mehnat – kishilar oʻrtasida tarixan tarkib topgan mehnatning asosiy shakllari. Jismoniy mehnat koʻproq kishilarning qoʻl kuchi, jismoniy faoliyati bilan bogʻliq. Jismoniy mehnatdan farq qiladigan aqliy faoliyat ham tarixiy xarakterga ega boʻlib, jamiyatning maʼnaviy taraqqiyotidan bevosita kelib chiqadi. Ayni paytda bunday qarash odamzodni ikkita katta guruhga – moddiy va maʼnaviy boyliklarni ishlab chiqaruvchilarga hamda jismoniy mehnat va aqliy mehnat kishilariga ajratishga sabab boʻladi, degan notoʻgʻri qarashga kelib qolmaslik lozim.

 

Sobiq SSSR davrida ustuvor boʻlgan bunday yondashuvlarning barchasi hayotiy zamindan ajralgan boʻlib, masalaning asl mohiyatini ifoda etadi. Aslida taraqqiyot natijasida kishilarning ishlab chiqarish faoliyatida aqliy va jismoniy kuch oʻzaro uygʻun tarzda namoyon boʻladi, biri ikkinchisini toʻldiradi va taqozo qiladi. Jamiyat ravnaq eta borgani sari jismoniy mehnat xodimlarining bilim saviyasi, malakasi, ish unumdorligi osha boradi, shu bilan birga, aqliy mehnat kishilarining ongi ham boyib boradi. Chunki ziyolining ham, malakali ishchining ham, fermer yoki dehqonning ham tub manfaatlari bir – Vatan ravnaqi, xalq farovonligidir. Ularning barchasi bir xalqning farzandlari, bir mamlakatning fuqarolaridir. Masalaning mohiyatiga shunday qaragan holda fikr yuritmoq zarur. Qolaversa, kishilik jamiyati yaralibdiki, unda ijtimoiy mehnat taqsimoti saqlanib kelmoqda. Birov dehqonchilikka yoki chorvachilikka, birov savdoga yoki sanoatga, birov muallimlikka yoki olimlikka va shu kabi boshqa hunarlarga tabiatan moyil. Har kim oʻz layoqati, qoʻlidan keladigan yumushni bajarish, oʻzi tanlagan soha bilan shugʻullanishga intiladi.

 

Hozirgi kunda yurtimizda erkin bozor munosabatlari amalda. Har bir fuqaro qonun imkon bergan sohalarda faoliyat koʻrsatib, halol mehnat qilib, farovon yashashi, aqliy yoki jismoniy mehnat bilan shugʻullanishi, tadbirkor boʻlishi yoki mulkdorlar safiga qoʻshilishi mumkin. Bu huquqlardan, tili, dini va millatidan qatʼi nazar, barcha fuqarolarning foydalanishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51275
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39120
“Avesto”

//