Siz qaysi suloladansiz? Yoxud kamayib borayotgan hunar davomchisi bilan shingil suhbat


Saqlash
23:11 / 05.11.2021 0 2371

Ajdodlarimizni surishtirsak har birimiz ma’lum bir soha yoki hunar egalarining davomchilari bo‘lib chiqamiz. Kimdir hunarmandning, kimdir dehqon yoki bog‘bonning avlodi, yana kimdir ilm-fanda ma’lum bir sohani avloddan-avlodga o‘tib davom ettiradi.

Yurtimizda ana shunday sulolaviy davom ettirib kelinayotgan kasb va hunar turlari haqida ma’lumot berib borish maqsadida Oyina.uz portalida “Siz qaysi suloladansiz?” nomli rukn yaratildi. Ruknimizning ilk sonida Samarqand xolvachiligi haqida suhbatlashamiz. Bunda bizga Hasanovlar sulolasining to‘rtinchi avlod vakili Gulruh Asomova bergan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Ma’lumki, Samarqand qadimdan hunarmandlar shahri bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham ushbu maskan odamlarning qo‘l mehnati asosida yaratgan ishlari bilan nafaqat hamyurtlarimizni, balki xorijlik mehmonlarning ham e’tiborini tortib keladi.

Qahramonimizning ma’lumot berishicha, Samarqand non va xolvasi bilan jahonga mashxur. Hanuzgacha mahalliy nonvoy va usta xolvachilar siri boshqa hudud hunarmandlariga to‘la ma’lum emas. Ularning aytishicha, xolvalarning turlari yuzdan oshiq bo‘lib, tosh xolva, pashmak, oq xolva, kunjut xolva, behili xolva va boshqa xil turlari bor. Shuningdek, Samarqandning eng mashxur xolvasi bu tosh xolva bo‘lib, uning beshta turi bor. Osma yong‘oqli, bodomli, xomdom pistali, kunjutli va aralash yong‘oqli turlari mavjud. Yana bir mashxur shirinlik turi — pashmak ham eng qadimiy xolvalardan biri bo‘lib, u yog‘siz va yog‘li turlarga bo‘linadi.

“Qancha ko‘p odam birgalikda tayyorlasa ishingiz shuncha yengil bo‘ladi, xolva ham shuncha qunt bilan pishiriladi. Biz 5-6 kishi oilaviy davrada mana shu shirinlikni tayyorlaymiz,” deydi qahramonimiz.

Uning ta’kidlashiga ko‘ra, savdosi tez shirinlik turlaridan yana biri bu behili xolva. Uning tarkibida behi, kunjut, shakar, javhar (limon kislotasi), tuxum oqi bo‘ladi. Behi ikki marta erta tongdan kechga qadar qaynatilib, qozonda ko‘pirtiriladi. 160 gradusda qiyom qilinadi, qolgan maxsulotlar asta-kesin solib aralashtiriladi. So‘ng qoliblarga solinadi va shu hol qotiriladi. To‘yimliligi, tarkibi boyligi bilan ham shirinlik xaridorgir.

Shirinlik savdosiga qiziqib, naxr-navosini surishtirar ekanmiz, Samarqand bozorlarining oldi maxsulotlaridan biri bo‘lgan xolva donali sotilganda o‘rtacha 2 mingdan 5 minggacha, kilolilari esa 30 mingdan 45 minggacha sotilishi ma’lum bo‘ldi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, xolva salomatlik uchun ham koni foyda. Ushbu shirinlikning barcha turi uglevod almashinuvida ishtirok etadi, bu esa xotirani kuchaytiradi, kishiga kun mobaynida quvvat bag‘ishlaydi, asab tizimini, yurak faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Qon bosimi pastlar uchun esa ayni muddao. Ammo ko‘p iste’mol qilinsa allergiya holati yuzaga kelishi, qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlar ko‘proq iste’mol qilsa qon bosimining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Demak asalning ham ozi shirin, degan xalq maqoli bejiz emasligi shu yerda ham o‘z isbotini topmoqda.

Xulosa qilar ekanmiz, og‘riqli bir fikrni ta’kidlash joiz. Tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat Samarqandda, balki yurtimiz bo‘ylab ham xolva tayyorlovchilar safi kamayib bormoqda. Bunga ehtimol yoshlarning zamonaga moslashuvi, ilm-fanga, ayniqsa, texnikaga qiziqib borishi sababdir. Ammo ajdoddan avlodga qadimiy meros bo‘lib o‘tib kelayotgan hunar davomchilarini yanada qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilsa o‘z madaniy boyligimizga ham hissa qo‘shgan bo‘lar edik ehtimol...

 

 

Yulduz O‘rmonova,

Oyina.uz

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 54
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 32
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 377
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 612
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 561
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233953
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113301
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67731
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56618
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51021
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39437
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39256
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38816
“Avesto”

//