Aristotel

Saqlash
23:05 / 08.05.2023 1 13096

Aristotel (Aristoteles, miloddan avvalgi 384–322) – qadimgi Yunonistonda oʻziga xos falsafiy taʼlimot yaratgan buyuk mutafakkir. Frakiyaning Stagira shahrida tugʻilgan. Sharq xalqlari orasida Arastu nomi bilan mashhur boʻlgan. Aristotel fan taraqqiyotining oʻzigacha boʻlgan barcha yutuqlarini umumlashtirib, fanlarning yagona tizimini yaratish bilan insoniyat maʼnaviyatida oʻchmas iz qoldirdi. Uning qarashlariga koʻra, fanlar borliqni tadqiq etish bilan mashgʻul boʻlar ekan, oʻz mohiyatiga koʻra, nazariy jihatdan odamlar dunyoqarashini oʻzgartirib boradi, bu oʻzgarishlar ham fanlarning oʻzida, ham insonlarning olamga nisbatan munosabatlari, dunyoqarashlarida, ham ular tomonidan taʼsir koʻrsatilgan moddiy olamdagi oʻzgarishlarda oʻz aksini topadi.

Aristotel birinchi boʻlib, axloq (etika)ni mustaqil fan sifatida ilmiy-falsafiy bilimlar tizimiga kiritgan. Aristotelning etikasi dunyoviy, har bir ozod kishini davlat fuqarosi ruhida tarbiyalash masalalariga bagʻishlangan. Aristotelning fikricha, axloq masalasini keng va atroflicha oʻrganish hamda uning tizimini yaratishdan avval baxt-saodat nimaligini aniqlab olish lozim. Shunga koʻra, alloma farovonlik, ezgulik, iroda erkinligi masalalariga alohida eʼtibor qaratadi. Aristotel ahloq masalalariga bagʻishlangan maxsus asari – “Nikomax etikasi”da ozchilikka taalluqli boʻlgan maʼnaviy ideal tahlil qilinadi. Tarbiyadagi yutuq turmush tarziga bogʻliq. Eng yaxshi hayot tarzi haqidagi taʼlimot bevosita davlat tuzilishi va siyosatining maqbul shakliga bogʻliqdir. Aristotelga koʻra, ezgulik tushuncha aniq maqsad va unga doimiy intilish bilan bogʻliq. Ezgulik tugʻma sifat boʻlmasdan, balki kishining ijtimoiylashuv jarayonida shakllanadigan xislatdir. Boshqacha aytganda, unga taʼlim-tarbiya va mehnat orqali erishiladi. Aristotel ezgulik haqida umumiy mulohaza yuritibgina qolmasdan, balki uni chuqur tahlil qilishga harakat qiladi, nazariy yondashuvni amaliy faoliyat bilan bogʻlashga intiladi. Masalan, uningcha, jasurlik – bu ezgulik boʻlib, soxta qahramonlik va qoʻrqoqlik oʻrtasida turadi. Chinakam – qahramon shunday kishiki, u oʻz oldidagi toʻsiqlarni yengib, qoʻrqmay olgʻa boradi. Jasoratli kishi esa azob-uqubatga chidaydi, meʼyorida va oqilona harakat qiladi.

1 Izoh

Qqqq

01:03 / 10.03.2024

Yunon faylasufi Arastuning ta'kidlashicha: "donishmand odam uchun UNING uchtasi ham yetadi. Oddiy inson esa aslida 4tasiga ham to'yadi, lekin nodon odam uchun esa beshtasi ham kam". Hozirgi kunda esa bu sonlar 7-8 sonlarga yetib kelgan. Gap nima haqida ketmoqda?

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 377
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 427
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 254
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 231
Yelib keldi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226496
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108837
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56288
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41584
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40943
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32226
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31194
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30946
Alpomish

//