Antropomorfizm


Saqlash
17:05 / 05.05.2023 0 1419

Antropomorfizm (yunoncha anthropos – inson va morpheo – shakl, koʻrinish) – insonga oʻxshashlik, tirik boʻlmagan tabiatning hodisa va predmetlariga insoniy xususiyatlar berish, Xudo yoki xudolarni insoniy qiyofada tasavvur etish. Antropomorfizm jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida hukmronlik qilgan mifologik dunyoqarashning dastlabki shakli sifatida vujudga keldi.

 

Antik davrda yunon faylasufi A.Ksenofan tomonidan xudolar quyidagicha tanqid qilingan: “Habashlar xudolarini qora tanli va burunlari puchuq deydi; frakiyaliklar esa Xudolarini koʻk koʻz va malla soch deb tasavvur etadi”. Tavrot, Injil va Qurʼonda xudoning qiyofasi haqida gap bormaydi. Antropomorfizmning antropologizm, psixologik antropomorfizm kabi turlari mavjud. Antropomorfizm obrazlari sheʼriyatda, xalq ogʻzaki ijodida keng qoʻllanadi, u ibtidoiy jamoalar davrida yaratilgan afsonalarda koʻp uchraydi. Antropomorfizm insonning borligʻini, tabiat va jamiyatda vujudga keladigan ziddiyatlarni yengishga qaratilgan. Afsonadagi antropomorfizm ilk fikrlash hodisasi boʻlib, insonning oʻzini atrof-muhitdan ajratmasligi, insoniy sifatlarni tevarakdagi olamda mavjud narsa va hodisalariga koʻchirishi natijasida vujudga kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//