Antropologizm


Saqlash
17:05 / 05.05.2023 0 1193

Antropologizm (yunoncha antropos – inson, odam; logos – taʼlimot) – inson tabiat va jamiyatning eng oliy qadriyatidir, degan qarashga asoslanadigan gʻoya.

 

Unga koʻra, odamzod eng yetuk va oliy mavjudot, butun borliq inson va uning ehtiyojlari uchun yaratilgan. Jamiyatning yetukligi insonga munosabat, uning uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Falsafa tarixida antropologizm xilma-xil shakllarda namoyon boʻlgan. Konfutsiy, Suqrot, Forobiy, Beruniy va Navoiy singari mutafakkirlar, XVII–XVIII asr fransuz maʼrifatparvarlari, Feyerbax va Nisshe kabi nemis faylasuflari ijodida bu gʻoyalar oʻzining yaqqol ifodasini topgan. Hozirgi zamonda antropologizm hayot falsafasi, sotsial darvinizm, freydizm kabi oqimlar vakillari qarashlarida rivojlantirilmoqda.

 

Antropologizm gʻoyasiga tayangan zamonaviy antropologiya fani doirasida olib borilayotgan uchta tadqiqot yoʻnalishini ajratish mumkin: a) tabiiy antropologiya; b) ijtimoiy antropologiya; v) madaniy antropologiya. Tabiiy antropologiya asosan evolyutsion biologiya, demografiya va arxeologiyaga tayansa, ijtimoiy va madaniy antropologiya odamzod tomonidan yaratilgan madaniyat namunalarini tadqiq etish bilan shugʻullanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//