Antropogenez


Saqlash
16:05 / 05.05.2023 1 11186

Antropogenez (yunoncha antropos va genezis – inson, kelib chiqish) – insonning kelib chiqish va jismoniy hamda maʼnaviy rivojlanish jarayoni. Bu jarayon toʻgʻrisida turlicha fikrlar, dunyoviy va diniy qarashlar mavjud. Dunyoviy qarash tarafdorlari (Darvin, Geksli va Gegel) inson oliy darajada taraqqiy etgan, odamsimon maymunlardan kelib chiqqan, degan qarashni ilgari suradi. Zamonaviy fan antropogenezning ijtimoiy mehnat nazariyasini tasdiqlamoqda.

 

Ongli va maʼnaviyatli insonning paydo boʻlish va rivojlanishi jarayoni bir qancha bosqichlarga boʻlinadi. Birinchi bosqich avstralopiteklarning (insonning eng yaqin ajdodlari) Yer yuzida yashashi, tabiiy jismlarni qurollar sifatida ishlatishi, soʻngra bu qurollarni yasay boshlashi bilan izohlanadi. Bu hol ikki oyoqli antropoidlarning, maʼnaviyatli insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishiga shart-sharoit tugʻdirgan. Ikkinchi bosqich, antropogenezning boshlangʻich pogʻonasidagi vakillaridan – eng qadimgi kishilar – pitekantroplar va sinantroplardan iborat ibtidoiy odamlar shakllanishi bilan bogʻliq. Bu davrdagi eng qadimgi odamlar maʼnaviyatli boʻlib, muntazam suratda xilma-xil shakllardagi qoʻpol tosh qurollar yasagan, birgalashib hayvonlarni ovlagan, olovdan foydalangan. Ularning avlodlari boʻlmish poleantroplar yoki neandertallar esa ancha murakkab qurollarni yasab, dastlabki sunʼiy inshootlarni (shamol toʻsiqlarni) yaratgan, olovni hosil qilish yoʻlini bilgan. Yuzaga kelgan ijtimoiy ishlab chiqarish odamda ong va nutqning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan, inson gavdasini shakllantirgan. Insonning qaror topishi yuz ming yillar davom etgan (Janubiy-Sharqiy, Janubiy, Oldingi Osiyo va Afrika). Uchinchi bosqich – ibtidoiy poda shaklidagi odam zotining jamiyatga, neandertallarning esa hozirgi shakldagi insonga aylanishidan iborat. Diniy dunyoqarashga koʻra, insonni Tangri toʻrt unsurdan yaratgan. Dunyodagi jamiki dinlarda dastlabki odamning yaratilishi va uning ismi bir xilda talqin qilinadi.

 

Xullas, antropogenez, nafaqat tabiiy jarayon, balki ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy oʻzgarishlar hamda odam zotining takomillashuv jarayoni hamdir. Hozirga qadar bu jarayon maʼnaviyat va uning rivoji nuqtai nazaridan kam oʻrganilgan va bu borada tadqiq etiladigan masalalar koʻpligicha qolmoqda.

1 Izoh

Suhrob

23:02 / 29.02.2024

Men Antropogenez fikrlariga umuman qarshi emasman. Darvin aytib o’tganki odamlar sekin sekin hayvonlardan ajralib chiqqan deyabdi ya’ni qisqasiga maymundan. Yaxshi bu juda ajoyib fikr lekin meni bitta savol qiynab kelmoqda…! Odam maymunlarga fikr va rivojlanish rivojlanib odamga aylangan bolsa unda nega hozirgi maymunlar odamga aylanmayabdi ya’ni fikr o’smatabdi rivojlanmayabdi..!? Savolimga javob kutib qolaman. :)

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 300
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 545
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229486
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110611
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61033
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49771
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45157
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37541
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35683
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32693
Kompetentlik

//