Antagonizm


Saqlash
16:05 / 05.05.2023 0 1434

Antagonizm (yunoncha antagonistos – qarama-qarshi, raqib, dushman) – ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat hayotidagi farq, tafovut va ziddiyatni mutlaqlashtirish gʻoyasi. Antagonizm atamasi falsafiy tafakkur taraqqiyotida qarama-qarshi kuchlarning kurashini ifodalash uchun qoʻllanadi. Diniy qarashlarda antagonizm yaxshilik va yomonlik, jaholat va maʼrifat oʻrtasidagi kurashda oʻz ifodasini topadi. Oʻrta asrlar mutafakkirlari tabiat, jamiyat va inson turmushining barcha sohalarida antagonizm mavjudligi, uni bartaraf etish zarurati haqida fikr yuritgan. Islom musulmonlar hayotidagi antagonizmni hal etishning maʼnaviy vositasi sifatida eʼtirof etiladi. Sovetcha talqindagi marksizm falsafasida turli sinflar oʻrtasidagi antagonizm ijtimoiy inqiloblar orqaligina hal etilishi mumkin, deb taʼlim berilgan.

 

Sobiq sovet davrida inqiloblar ijtimoiy tuzumni oʻzgartiruvchi, barcha sinf va qatlamlar manfaatlarini uygʻunlashtiruvchi, ular oʻrtasidagi antagonizmni bartaraf etuvchi omil sifatida notoʻgʻri talqin etib kelindi. Jamiyatda mulkdorlar, yirik sarmoyadorlarning mavjudligi antagonizmning manbai, deb notoʻgʻri tashviqot ishlari olib borildi. Bugungi kunda antagonizm masalalari konfliktologiya fani doirasida tadqiq etilmoqda. Bu fan antagonizm haqidagi fan sifatida jamiyat hayotining barcha sohalarida (jumladan, maʼnaviyat sohasida) ziddiyat va qarama-qarshiliklarni aniqlash va ularni hal qilish yoʻllarini oʻrganadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//