Andisha


Saqlash
15:05 / 05.05.2023 0 1684

Andisha (forscha oʻy, mulohaza, fikr, or-nomus, iffat, sharm-hayo, uyat, ibo, istihola, bosiqlik) – yuksak maʼnaviyatga xos, tarbiya natijasida shakllanadigan maʼnaviy-axloqiy tushuncha boʻlib, kishidagi xulq-odob, tarbiya va maʼnaviyat bilan bogʻliq sifatlarni ifoda etadi.

 

Andisha inson tabiatida chuqur ildiz otgan, tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladigan, ilm va hikmatga boy xalqning tafakkur bulogʻidan suv ichgan maʼnaviy hodisa. Andisha asrlar mobaynida ardoqlanib, ajdodlardan avlodlarga meros boʻlib oʻtmoqda. Andisha iffat, sharm-hayo, uyat, istihola, or-nomus kabi odob-axloq tushunchalari bilan uzviy bogʻliq. Andishali inson hamisha aql-idrok va hokisorlik bilan ish yuritadi, betgachoparlik qilmaydi, oʻz xatti-harakatining oqibatini oʻylaydi. Andishali kishi hech qachon oʻzgalarning izzat-nafsiga tegmaydi, yoshi ulugʻlarning, ayollarning hurmatini joyiga qoʻyadi. Qilayotgan har bir ishiga bosiqlik bilan yondashadi, shoshma-shosharlik, oʻziboʻlarchilikka yoʻl qoʻymaydi. Andishali odamlarda oʻz xalqi va millati taqdiriga nisbatan masʼuliyat hissi yuqori boʻladi. Ular nafaqat oʻz xalqi, millati, balki boshqa xalq, millat va elatlarga ham hurmat bilan qaraydi. Bagʻrikenglik andishali odamlarga xos xususiyatlardan biri. Andishali odamlar nojoʻya harakatlardan oʻzini tiya oladi, oʻzgalarga ham nojoʻya ishlarni ravo koʻrmaydi. Hadislarda aytilganidek, andishali inson “Odam, eng avvalo, oʻzidan uyalishi kerak” degan aqidaga amal qiladi. Hazrat Alisher Navoiy bejiz andisha, vafo va hayoni axloqiy fazilatlar ichida birinchi oʻringa qoʻymaganlar. Andishali odamlar oʻz qadr-qimmatini hamisha yuqori tutadi va boshqaga ham shuni ravo koʻradi. Andishali, or-nomusli, sharm-hayoli odamlar elim-yurtim deb yashaydi, oʻzgalarga muruvvat qilishni, yordamga muhtoj kishilarga koʻmak berish va toʻgʻri yoʻl koʻrsatishni oʻzi uchun vijdoniy burch va masʼuliyat deb biladi. Andishali kishilarda milliy gʻurur, milliy iftixor, oriyat kuchli boʻladi. Ular oʻz millati, el-ulusi manfaati va sharafini himoya qilishni katta baxt deb biladi. Andishali odamlar taʼmadan hazar qiladi, undan nafratlanadi, birovlarga qilgan yaxshiligini minnat qilmaydi, yuziga solmaydi.

 

Yurtimizda andisha, odob-axloq, odamiylik kabi xislatlarning qaror topishida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Usurulmaoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Koshgʻariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Avaz Oʻtar, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Choʻlpon singari siymolarning xizmatlari beqiyos. Mustaqillik yillarida xalqimizga xos boshqa fazilatlar kabi andisha ham milliy maʼnaviyatimizning ajralmas qismiga aylanib, haqiqiy qadr-qimmat kasb etib bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 300
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 545
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229486
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110611
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61033
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49771
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45157
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37541
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35683
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32693
Kompetentlik

//