Anarxizm


Saqlash
17:05 / 04.05.2023 0 3793

Anarxizm (yunoncha anarchia – beboshlik, hokimiyatsizlik) – har qanday davlat hokimiyatini inkor etuvchi taʼlimot boʻlib, XVIII asrning oxiri va XIX asrda gʻoyaviy oqim sifatida shakllangan. Anarxizmning asoschilaridan biri ingliz olimi Uilyam Godvindir (1756–1836). U “Siyosiy adolat haqida ilmiy ish” asarida jamiyatdagi tengsizlik va adolatsizlikning sababi xususiy mulk emas, balki davlat hokimiyatidir, deb yozadi. Anarxizm taʼlimotining keng tarqalishida fransuz faylasufi P.Prudon va rus olimi M.Bakuninning taʼsiri katta boʻlgan. M.Bakuninning fikricha, davlat kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya qilinishini vujudga keltiradi. U, davlatni yoʻq qilish orqali ekspluatatsiyaga sabab boʻluvchi huquqiy asoslar ham barham topadi, degan fikrni ilgari surgan holda davlatga qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqqan.

 

XX asrda anarxizm gʻoyalarining ijtimoiy taraqqiyotga zid ekani ayon boʻldi. XIX asr oxirida anarxizm taʼsirida Fransiyada anarxosindikalizm inqilobiy harakati paydo boʻlib, Italiya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlariga tarqaladi. Uning doktrinasi siyosiy partiyalar, hokimiyat va rejalashtirishni butunlay inkor etishga asoslangan boʻlib, ishchilar inqilobi vositasida kapitalizm tuzumini agʻdarish gʻoyasiga tayanadi. Bugungi kunda dunyoda bu gʻoya tarafdorlari koʻp emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//