Аlla


Saqlash
15:05 / 03.05.2023 0 1868

Alla – 1) insonni maʼnaviy yuksaklikka undaydigan, bolani uxlatish jarayonida yakkaxonlik usulida aytiladigan qoʻshiq. Oʻzbek, uygʻur va tojik xalqlari orasida alla nomi bilan yuritiladi. Odatda oddiy kuylar bilan, koʻp hollarda kuy va cholgʻusiz, beshik yoki belanchakni tebratish maromiga mos ravishda ijro etiladi. Matni asosan toʻrtlik shaklida, ijro uslubi erkin, badihagoʻylik yoʻlida boʻladi. Alla onaning bolaga boʻlgan mehr-muhabbati, umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklari bilan birga, uning ruhiy kechinmalarini ham ifoda etadi;

 

2) beshik toʻyida beshikni olib kirayotgan ayollar tomonidan aytiladigan qoʻshiq. Ijro xususiyatlari bayramona marosim kayfiyatiga mos; tantanavor doira usuli joʻrligida kuylanishi mumkin;

 

3) Oʻzbekistonning baʼzi hududlarida alla nomi bilan aytiladigan marosim qoʻshiqlari. Masalan, Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari hamda Xorazmda dafn marosimi jarayonida navbat bilan ayollar (yoki maxsus chaqirilgan allachi-goʻyanda, xalfa) tomonidan badiha usulida aytiladigan qoʻshiq va boshqalar.

 

Bugungi kunda alla atamasi deganda koʻproq yuqorida bayon etilgan birinchi talqin tushuniladi. Bunda allaning bolani uxlatishga qaratilgan shakli qoʻllanadi. Alla xalqimiz maʼnaviyatining noyob va qadimiy hodisasi sifatida gʻoyat qadrlidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//