Alkogolizm


Saqlash
15:05 / 03.05.2023 0 1936

Alkogolizm – ashaddiy ichki likbozlik, spirtli ichimliklarni salomatlikka va mehnat qobiliyatiga zarar yetkazadigan darajada, muntazam ravishda meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish tufayli yuzaga keladigan va insonning maʼnaviy qiyofasini izdan chiqaradigan kasallik shakllaridan biri. Alkogolizm inson organizmini ishdan chiqaradi, uning maʼnaviy-ruhiy dunyosini buzadi. Alkogolizmga duchor boʻlgan kishilar oʻz ijtimoiy vazifasini toʻlaqonli bajara olmay qoladi, odamlar oʻrtasida obroʻ-eʼtiborini yoʻqotib, koʻpchilik nazaridan qoladi. Alkogolizm hodisa sifatida sotsial kasalliklar qatoriga kiradi, chunki u jamiyat aʼzolari ongidagi ijtimoiy, iqtisodiy buzilishlar bilan bogʻliq. Qaysi joyda alkogolizmning tarqalishi yuqori boʻlsa, undagi ijtimoiy vaziyat shunchalik noxush boʻlishi kuzatiladi. Alkogolizmning oldini olish – alkogolizmning barcha turlarining tarqalishiga toʻsqinlik qilish, toʻyu tantanalar, tadbir va marosimlarda alkogol ichimliklarni imkon qadar kamaytirish, insonlarni alkogolning zarari haqida bolaligidanoq ogohlantirish, ularni sogʻlom turmush tarzi tamoyillari haqida tarbiyalash bilan bogʻliq. Bu borada spirtli ichimliklar sotish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, ularni sotishni litsenziyalash, tarqatishni cheklash tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//