Alifbe


Saqlash
15:05 / 03.05.2023 0 1474

Alifbe (arab alifbosining dastlabki ikki harfi – alif va be dan olingan) – biror-bir tilning harflar sistemasi maʼlum bir tartibda joylashtirilgan yozuv belgilari (masalan, arab alifbesi, lotin alifbesi) yoki boʻgʻin belgilar (masalan, hind alifbesi – devanagari) majmui. Alifbe ilk bor miloddan avalgi 2000-yil oxirlarida qadimgi ugarit va finikiy yozuvining tovush tizimi asosida shakllangan. Fanda bundan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud boʻlgan, degan taxminlar mavjud. Turkiy xalqlarning runiy (urxunenasoy) va uygʻur yozuvlari boʻlgan. Ularni aks ettirgan harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda ana shu yozuv vositasida bitib qoldirilgan qadimiy yodgorliklar asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va ayrim boʻgʻin alifbelari finikiy alifbesidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va hokazo) va boshqa alifbelardan kelib chiqqan. Arab alifbesiga – barcha arab mamlakatlari, shuningdek, Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Xitoyning Shinjon uygʻur avtonom rayoni hududida yashaydigan xalqlar, shuningdek, turkiy xalqlarning XIII– XX asr boshlarigacha boʻlgan yozuv tizimida; lotin alifbesiga – Amerika va, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning koʻpchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (Indoneziya, Turkiya va boshqa) yozuv tizimida; kirill alifbesiga – Yevropa, Osiyodagi baʼzi xalqlar yozuv tizimida; hind boʻgʻin alifbesiga – Hindistondagi koʻpgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan va amal qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//