Aymoq


Saqlash
17:05 / 02.05.2023 0 1171

 

Aymoq – moʻgʻil va turkiy xalqlarda qadimgi yirik urugʻlardan ajralib chiqqan, turli-tuman hududlarda yashasa-da, oʻzaro qonqarindoshlik asosida bogʻlangan insonlarning ijtimoiy birligini anglatuvchi tushuncha.

 

Aymoq atamasi bugungi kunda Buryatiya va Oltoy oʻlkalarida kichik maʼmuriy hududlar – tuman maʼnosida ishlatiladi. Bu soʻz moʻgʻil tilida ham boʻlib, nisbatan kattaroq maʼmuriy-hududiy birlikni bildiradi. XV– XVI asrlarda Fargʻona vodiysi va Qashqadaryo vohasida yashagan turkiy qabilalardan biri aymoqlar deb atalgan. Asrlar oʻtishi bilan ular millatimiz tarkibiga singib ketgan. Faqat kichik bir boʻlagi asrimiz boshlarigacha oʻz nomini saqlab kelgan. 1924-yilgi aholi roʻyxati maʼlumotlariga koʻra, oʻsha vaqtda hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida yashagan kishilardan 4 mingga yaqini oʻzini aymoq urugʻining vakili deb koʻrsatgan. Aymoq atamasi bir qancha qabila va urugʻlar ittifoqi maʼnosida hozirgi Afgʻonistonning shimolida yashovchi baʼzi kishilarga nisbatan ham ishlatiladi. Bu yerdagi aymoqlar tarkibiga fors tilida soʻzlashuvchi aholi ham kiradi. 1959-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, Afgʻonistonda 50 ming, Eronda 30 ming Aymoq urugʻiga mansub aholi yashagan. Tarkibida aymoq soʻzi ishtirok etadigan urugʻ-aymoq atamasi oddiy muloqot jarayonida barcha qarindosh-urugʻlar majmuasini ifoda etadi. Ammo rasmiy nutq va rahbarlik faoliyatida bu tushuncha kadrlarni qarindoshlik, oilaviy yaqinlik asosida tanlash va mansabga koʻtarishdek salbiy holatni bildiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 192
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 546
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 321
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 488
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 917
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232733
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112554
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65107
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54971
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49395
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39051
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38084
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36621
“Avesto”

//