Azamat


Saqlash
17:05 / 02.05.2023 0 1153

Azamat (xalq) – arab tilidan oʻzlashgan buyuklik, kattalik maʼnolarini anglatuvchi, faxr, gʻurur tuygʻusini ifodalovchi soʻz. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida azamat soʻzining bir necha maʼnosi keltiriladi. Yaʼni, haybatli, ulkan maʼnosidan tashqari, kuch-quvvatga ega, qudratli; gʻayrat-shijoatli, botir, mard; jismonan yetuk, zabardast kabilar. Bundan tashqari, bu soʻz biror shaxsning shunday belgi xususiyatini aniqlovchi boʻlib ham keladi. Shu bilan birga erkak kishining ismi sifatida ham turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlar tilida uchraydi. Ayniqsa, qozoq xalqida azamat soʻzi kishi ismidan tashqari bevosita er yigit, navqiron erkak maʼnosida ham qoʻllanib, juda ommalashib ketgan faol tushunchadir. Mazkur tushunchaning belgi-xususiyat jihati va bevosita nisbat berib qoʻllanilishi soʻzlashuv nutqi bilan birga poetik nutqda ham koʻp qoʻllaniladi. Masalan, buyuk oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulomning vatan haqidagi sheʼrida “Sen minglab azamat, botirga doya, Arslon yigitlaring bari seniki” deb, shoir azamat soʻzini bevosita yigit maʼnosida ishlatadi. Aynan shu tushunchani xalq bilan bogʻlash, xususan, oʻzbek xalqiga nisbat berish keyingi yillarda OAVda, shoir va adiblarning asarlarida koʻp uchramoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//