Ayollar huquqi


Saqlash
16:05 / 02.05.2023 0 1090

Ayol – yaratganning buyuk moʻjizasi, farzand koʻruvchi ona, nikoh munosabatlarida turuvchi inson; 2) erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs, xotin kishi; 3) qizaloq yoki qiz boladan farq qiluvchi, balogʻatga yetgan katta yoshdagi shaxs. Ayolga koʻp hollarda erkakning jufti, umr yoʻldoshi, ona sifatida qaraladi. Ayollarni, jamiyatdagi oʻrni va ahamiyatiga koʻra, alohida ijtimoiy guruh sifatida tavsiflash ham mumkin. Bunda ayollar bilan bogʻliq ijtimoiy masalalar, ularning bilim olishi, kasb egallashi, bandligi, mavqei, erkaklar bilan huquqiy tengligi, bolalar tarbiyasi, oilani mustahkamlashdagi oʻrni kabi masalalarga alohida ahamiyat qaratiladi.

 

Bugungi kunda jamiyat rivojida jismoniy kuch ishlatiladigan sohalarning qisqarishi ayollar mehnatidan foydalanish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Ayollar anʼanaviy ishlab chiqarish sohalaridan – toʻqimachilik, oziq-ovqat, tikuvchilik bilan bir qatorda, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat, sport, savdo-sotiq sohalarida ishlay boshladi. Ayollarga xos zukkolik va saranjomlik, tirishqoqlik boʻlmaganida, sanoatning zamonaviy tarmoqlari – radioelektronika, priborsozlik, elektrotexnikani rivojlantirish qiyin kechar edi. Ayollarning ijtimoiy mehnatda bandlik darajasi ularning ikkita muhim vazifasi – onalik maqomi va muayyan kasbga ega xodima sifatidagi kuch va qobiliyatini baholash bilan belgilanadi. Hozirgi kunda bu ikki vazifani uygʻunlashtirish “Ayollar masalasi”ning mohiyatini tashkil etadi.

 

Ayollar huquqi – ayol jinsiga mansub shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy, siyosiy va boshqa huquqlari majmui; ayollarning umumiy inson huquqlariga mos hamda ularning ijtimoiy va oiladagi maqomini nazarda tutadigan oʻziga xos huquq va erkinliklarini anglatuvchi tushuncha. 1945-yildan boshlab ayollar huquqi xalqaro huquq tomonidan tartibga solinuvchi muhim obyektlardan biriga aylandi. BMT Nizomi erkaklar va ayollar tengligini umumiy shaklda mustahkamladi. Bu huquqlar 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 16-moddasida erkak va ayolning nikoh masalasidagi tengligi haqidagi qoida oʻz aksini topdi. Oʻzbekiston Respublikasi ushbu deklaratsiyani ratifikatsiya qilgan va Konstitutsiyamizning 18-moddasiga binoan mamlakatimiz fuqarolari, jinsidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdir. Mamlakatimizda bu borada koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda, ayollarning qonuniy haq-huquqlarini toʻla-toʻkis roʻyobga chiqarish, ularning erkinliklarini taʼminlash davlat va jamiyatning ustuvor vazifasiga aylangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 317
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 370
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 219
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 183
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226237
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108637
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56176
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40828
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32134
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31138
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30877
Alpomish

//