Adolatsizlik


Saqlash
16:05 / 02.05.2023 0 1810

Adolatsizlik – adolatga zid boʻlgan ijtimoiy-maʼnaviy holatni ifodalaydigan tushuncha. Adolat meʼyorlari, qonun va jamiyat tamoyillarining buzilishi, maʼnaviy tamoyillarga amal qilmaslik adolatsizlikni keltirib chiqaradi. Adolatsizlik ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va boshqa shakllarda namoyon boʻladi. U gohida butun jamiyatga, baʼzan shaxslar yoki ijtimoiy subyektlarga (sinf, guruh, partiya, millat, davlat va boshqa) nisbatan boʻlishi mumkin. Tarixda adolatsizlikning xilma-xil koʻrinishlari uchraydi, chunonchi, bosqinchilik urushlari, kolonializm siyosati, xalqlarni ona yurtidan zoʻrlik bilan koʻchirish, muayyan xalq yoki millatga nisbatan genotsid uyushtirish, milliy madaniyatidan judo qilishga intilish, uning boshiga boʻhtonlar yogʻdirib, yomonotliq qilish va tahqirlash va shu kabilar. Adolatsizlik nisbiy tushuncha boʻlib, uning boshqa shakllari ham uchrab turadi.

 

Adolatsizlikning baʼzi shakllari quyidagilar:

 

1. Proteksionizm (lotincha rrotectio – himoyalash) – ijtimoiy hayot uchun xavfli boʻlgan illat. Maxsus adabiyotlarda proteksionizm yuqori mansab va mavqega ega boʻlgan shaxs tomonidan oʻzga shaxsning muammolarini hal qilish uchun noqonuniy homiylik koʻrsatish sifatida talqin etiladi. Shuningdek, u hokimiyatni gʻarazli maqsad yoʻlida noqonuniy qoʻllash bilan bogʻliq holat tarzida ham izohlanadi.

 

2. Byurokratizm (yunoncha byro – devonxona, kratos – kuchqudrat, hokimiyat) – hokimiyatni suisteʼmol qilish, toʻrachilik, rasmiyatchilik yoʻli bilan muammoning yechimini ataylab murakkablashtirishni anglatadi. U jamiyatning demokratlashuviga nisbatan jiddiy toʻsiq hisoblanadi. Byurokratiya hal etil magan ijtimoiy muammolarning yanada murakkablashuviga, baʼzan hatto keskinlashuviga olib keladi. Koʻpincha, u oʻzi uchun muayyan imtiyozlarni noqonuniy ravishda joriy etishga urinadi. Ish jarayonidagi zoʻravonlik, ishni yaxshi bilmaslik, mansabdorlarga koʻr-koʻrona itoat etish, rasmiyatchilik, sansalorlik, buyruqbozlik, koʻzboʻyamachilik kabi illatlar soxta obroʻga intilish, fisqu fasod, takabburlik, odamlarga bepisandlik, yolgʻon gapirish, sharoitga moslashish orqali pardalanadi, natijada proteksionizm, mahalliychilik, buyruqbozlik kabi salbiy holatlar yuzaga keladi.

 

3. Mahalliychilik. Mahalliychilik biron-bir hududga mansublikka asoslangan salbiy holatdir. U jamiyat hayotining muhim sohalarini oʻrgimchak toʻridek oʻrab olib, sogʻlom fikr, yuksak taraqqiyot, umumilliy birlik va hamjihatlik yoʻlida gʻov boʻlishi tufayli oʻta zararlidir.

4. Boqimandalik. Eski tuzumning ogʻir asoratlaridan biri boʻlib, bozor mexanizmlarining taraqqiy topishi bilan tobora zaiflashib boradi. Boqimandalik oʻzini oʻzi munosib baholay olmaslik, oʻz qobiliyati va jamiyatdagi oʻrnini notoʻgʻri tushunish oqibatidir. Jamiyatda boqimandalikning kuchayishi ikki xil salbiy holatga olib keladi. Birinchi holatda shaxs oʻz xizmatlarini ortiqcha baholab yuboradi. Natijada u “odamlar mening oldimda qarzdor” qabilidagi soxta tasavvurlar bilan oʻziga koʻproq imtiyozlar talab qila boshlaydi. Ikkinchi holatda esa shaxs oʻz imkoniyatlarini yetarli baholay olmaydi va shu tariqa noshud, tashabbusdan yiroq, irodasiz odamga aylanib, “Bersang – yeyman, ursang – oʻlaman” degan naqldagi ayanchli holatga tushib qoladi. Boqimandalikning ildizlari avvalo tarbiyadagi notoʻgʻri yondashuv bilan bogʻliq. Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida uzilish yuz berishi, uning ijtimoiy munosabatlarga toʻla jalb etilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Bunday kimsalar umrbod “davlat yoki boshqalar meni boqishi kerak” degan kayfiyatda kun kechiradi. Boqimandalikka yoʻl qoʻymaslik uchun har bir ota-ona oʻz farzandini, taʼlim-tarbiya muassasalari (bogʻcha, maktab, litsey yoki kollej, institut yoki universitet) esa har bir oʻquvchini, talabani mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, huquq va burchini yaxshi anglaydigan, yoshligidan zamonaviy kasb-hunarlarni egallagan, mehnatkash va faol, bunyodkor inson etib tarbiyalashi lozim. Bugungi davr odamlardan doimo hayotga faol munosabatda boʻlib yashashni talab etmoqda. Negaki, sogʻlom raqobat muhitiga asoslangan bozor munosabatlari oʻz zaif, kuch-quvvati boʻlaturib, “Olma pish – ogʻzimga tush” deb kimningdir yordamiga koʻz tikib yashaydigan kimsalarni hayotning oʻzi chetga surib tashlaydi.

Shunday ekan, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, har bir fuqaroning oʻzi uchun, oʻz oilasi uchun samarali mehnat qilishi, oʻz imkoniyatlariga tayangan holda izlanib, intilib yashashi bugungi hayot mezonidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 27
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 21
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 97
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 198
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 515
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 933
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218671
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104451
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33605
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27250
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26260
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24758
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24721
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21618
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//