Adovat


Saqlash
15:05 / 02.05.2023 0 1511

Adovat (arabcha dushmanlik) – oʻzaro yovlashish, uzoq vaqt davomidagi kek saqlash, nafrat va gina-kudurat asosidagi dushmanlik. Adovatning asosida aksariyat hollarda bir xil ehtiyoj va manfaatga ega boʻlgan, ish asosida raqibga aylangan odamlarning toʻqnashuvi yotadi. Raqiblardan birining ehtiyoji qondirilishi ikkinchisining manfaatiga zid kelishi va dushmanlikka sabab boʻlishi mumkin. Bunda tomonlardan birining ichi qoraligi, gʻarazli niyati, badbin va koʻrolmasligi ham adovatga sabab boʻlishi mumkin. Adovat insoniyat tarixida adovatlar davomida kuzatilayotgan hodisa boʻlib, baʼzida dahshatli urush va qirgʻinlarga sabab boʻlgan.

 

Turli davlatlar oʻrtasidagi adovatlar odatda biron hududni egallash, tabiiy boyliklarga egalik qilish maqsadida amalga oshirilgan. Kundalik hayotda turli shakllarda namoyon boʻladi. Ular maʼlum maʼnoda psixologik asosga ham ega. Yaʼni, odamlarning isteʼdod va qobiliyati, moddiy, maʼnaviy imkoniyatlari har xil boʻlishi, shu asosda ularning baʼzilari hayotda koʻproq, baʼzilari esa kamroq muvaffaqiyatga erishishi ham ularda bir-biriga nisbatan hasad va adovatning uygʻonishiga sabab boʻladi. Bunda shaxsning qanday tarbiya koʻrgani, ijtimoiy omil ham muhim rol oʻynaydi. Agarda inson boshqalarning yutugʻiga hasad emas, havas bilan qarab yashashga oʻrgangan boʻlsa, tabiiyki, jamiyatdagi koʻpgina adovatlarning oldi olingan boʻladi. Ayniqsa, “Hasad emas, havas yengadi”, “Hasadning umri qisqa”, “Havas bor joyda hasadga oʻrin yoʻq”, “Bir kun janjal boʻlgan joyda qirq kun fayzbaraka boʻlmaydi” kabi hikmat va maqollar ruhida tarbiya topgan xalqimiz hasad va adovatni qoralab, mehr hamda havasga asoslangan intilishlarni qoʻllab-quvvatlab keladi. Bu esa jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlashning muhim omillaridan biridir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//