Tanbalning ish kuni “erta” – Aziz Nesindan iqtiboslar


Saqlash
19:04 / 27.04.2023 0 1192

Eng go‘zal she’r matematikadir. Yer yuzida hozirgacha “ikki karra ikki to‘rt”dan go‘zalroq misra yozilmagan. 

 

* * *

Bilasan, gunohlarni yozuvchi farishta chap yelkada. Shuning uchun ham yurak chap tomonda joylashgan. Shuning uchun ham ishq eng katta gunoh sanaladi.

 

* * *

Barmoqlarimiz orasidagi bo‘shliq – biz uchun yaratilgan inson kelib uni to‘ldirishi uchun mavjud.

 

* * *

Tog‘lar qulamasin deb oh chekmayman. O‘zimni buzaman, dunyoni emas.

 

* * *

Turk erkaklari dunyoning eng rashkchi erkaklari hisoblanishining sababi sevgilisiga emas, o‘zlariga ishonishmaganidandir.

 

* * *

Ehtimol, quchoqlaydigan sevgilimiz yo‘qdir, ehtimol, yolg‘izdirmiz. Biroq, bilib qo‘yingki, odamdek sevganimiz tufaylidir bu tanholigimiz. 

 

* * *

Harbiy sohalarga sarflangan pul dunyodagi ochlik muammosining tamoman hal qilinishi uchun lozim bo‘lgan puldan yuz baravar ko‘p.

 

* * *

Xaritalarga qaradim, hech birida uying yo‘q. 

Ensiklopediyalarni titdim, hech birida surating yo‘q. 

Lug‘atlardan izladim, hech birida isming yo‘q. 

Ko‘zgudagi aksimga boqdim, seni ko‘rdim. 

Bildimki, sen mensan.

 

* * *

Dangasalarning ish kuni “ertaga”dir. 

 

* * *

“Hech kimga ishonmayman” degan tushuncha yo‘q, “vaqtida unga ishondim, endi hech kimga ishonmayman” bor. 

 

* * *

Hayot imtihon bo‘lsa, sira aziyat chekma, ismingni yoz va chiq. Balki o‘tolmassan, biroq isming ostida yap-yangi sahifa qoldirib ketasan. 

 

* * *

Sovuq qotsang – bu iliqlik, qorong‘ulik cho‘ksa – bu nur yo‘qligidandir. Agar har tomon qorong‘u, sen sovuq qotayotgan bo‘lsang, bu uning yo‘qligidandir.

 

* * *

Tor joydan chiqqanlar keng joylarga sig‘maydi. 

 

* * *

Orzuyim bir bolakayga “Qanchalik yaxshi ko‘rasan?” savolini berganda qo‘lini ikki tomonga ochib “Mana shuncha” deydigan o‘sha mas’um sevgini topish edi...

 

* * *

Kambag‘alning yagona quroli – mehnat. 

 

* * *

Hayotim davomida bo‘yim qadar kitob yozdim, biroq meni yoqtirmaydiganlar bunga ham bir bahona topib – shusiz ham uning bo‘yi kichkina edi deya olishdi xolos.

 

* * *

Inson faqat gapirganlari emas, jim turganlari oldida ham mas’uliyatlidir. 

 

* * *

Bilasan, erkak uncha-munchaga yig‘lamaydi, biroq u yig‘lasa, ko‘zyoshlari hech qachon soxta bo‘lmaydi. 

 

Rahmat BOBOJON tayyorladi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 339
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 324
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 324
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 328
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107751
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55216
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40221
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39915
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31479
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30619
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30011
Alpomish

//