Adab


Saqlash
16:04 / 26.04.2023 0 1022

Adab (arabcha) – shaxsning tarbiyaviy darajasi, axloqiy qiyofasi, maʼnaviy barkamolligining asosiy sharti va mezoni oʻzbek tilidagi odob va axloq soʻzlarining oʻzgargan shakli, maʼnodoshi. Kishi adab orqali el-yurt oʻrtasida obroʻ-eʼtibor, izzat-hurmat topadi. Xalqimiz hayotida qadim-qadimdan muhim rol oʻynab kelgani uchun munosabatlarning deyarli barcha shakl va koʻrinishlariga shu nuqtai nazardan yondashilgan. Ularga nom va baho berishda adab asosiy mezon boʻlgan.

 

Shu asosda adabning turli daraja va koʻrinishlari shakllangan: bola adabi, qiz bola adabi, kelinlik adabi, kuyovlik adabi, shogirdlik adabi, kasb-hunar adabi, mezbon va mehmon adabi, tijoratchi adabi, sanʼatkor adabi, sportchi adabi, yurish-turish adabi, muomala adabi, siyosat adabi, bahs adabi va hokazo. Dunyodagi xalqlarning axloq-odob meʼyorlari, ularning dunyoqarashi, anʼana va qadriyatlariga qarab, bir-birinikidan tubdan farq qiladi. Masalan, Afrikada yashaydigan kannibal qabilalari (odam goʻshtini yeydigan yovvoyi qabilalar) orasiga tushib qolgan odamlar ular yeydigan ovqatni yemay qoʻysa, adabsizlik qilgan boʻladi. Natijada unga “iltifot” koʻrsatgan jamoa aʼzolarining noroziligiga sabab boʻladi, hatto jazoga tortilishi ham mumkin. Shuning uchun ham taqdir taqozosi bilan biron-bir xalq ichida yashab qoladigan odam uning urf-odat va adab meʼyorlariga boʻysunishga majbur. Bu – uning tarbiyaviy darajasini koʻrsatuvchi belgilardan biri. Mustaqillik yillarida xalqimiz mustabid tuzum davrida toptalgan asl qadriyatlari qatori ota-bobolarimiz ming yillar davomida amal qilib kelgan odob-axloq meʼyorlariga qaytish imkoniga ega boʻldi. Ona tilimizda adab bilan bogʻliq hikmatli soʻzlar, maqollarning juda koʻpligi adab milliy maʼnaviyatimizning ustunlaridan biri ekanini tasdiqlaydi. Masalan, “Adabni adabsizdan oʻrgan”, “Adabli bola elga manzur” va hokazo. Adabning ziddi adabsizlik, hayosizlik, maʼnaviy jihatdan tubanlikka yuz tutishdir.

 

Inson adabi ikki yoʻl bilan shakllantiriladi:

1) nasldan-naslga oʻtadi;

2) taʼlim-tarbiya, maʼrifiy taʼsir, ibrat va namuna, bilim va koʻnikma orqali shakllanadi.

Mavlono Jaloliddin Rumiy “Ichindagi ichindadir” asarida “Barcha bilimlar va fanlarni oʻzlashtirish aslida adabni oʻrganishdir” deb taʼkidlaydi. Adab odobning ekvivalenti sifatida qoʻllansa-da, ayrim oʻrinlarda maʼno nozikliklari bilan undan farq qiladi. Masalan, “Adabini berishadi”, “Adabingni yeysan” kabi iboralardagi adab soʻzi oʻrnida odob soʻzini qoʻllab boʻlmaydi. Adab etika, estetika, psixologiya, jamiyatshunoslik, adabiyot singari fanlarning asosiy mavzularidan biridir. Adabiyot atamasining negizini adab soʻzi tashkil etishi, badiiy adabiyotimizda adab masalasi bosh mavzu boʻlib kelgani milliy maʼnaviyat va tafakkurimiz tarixi, bugungi va ertangi rivojini belgilaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 219
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 246
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 260
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 309
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224674
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107664
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54988
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39875
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39701
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31035
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30483
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29884
Alpomish

//