Agnostitsizm


Saqlash
15:04 / 26.04.2023 0 2329

Agnostitsizm (yunoncha agnostos: a – inkor, gnostos – bilish, bilishni inkor etish) – tabiat va jamiyat qonuniyatlari mohiyatini bilish imkoniyatlarini rad etib, bilimning voqelikka muvofiq ekanini isbotlash mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy taʼlimot.

 

Antik skeptitsizm va oʻrta asrlardagi nominalizm negizida paydo boʻlgan. XIX–XX asrlar ijtimoiy tafakkurida, ayniqsa, marksistik falsafada mazkur taʼlimot sunʼiy tarzda soddalashtirilib, unga toʻliq bilishni inkor etuvchi taʼlimot sifatida baho berilgan. Vaholanki, bu taʼlimot vakillari obyektiv borliqni bilish mumkinligini butunlay rad etmaydi, bilim va tafakkurining cheklanganini taʼkidlaydi, xolos. Haqiqatan ham, dunyoni mukammal bilish mumkin emas, inson dunyoning siru sinoatini qanchalik chuqur oʻrganmasin, uning tubiga yetib borolmaydi, bu olamning haddi-hududi boʻlmagani kabi, u haqdagi bilimlar ham cheksizdir. Qadimgi yunon falsafasida skeptitsizm shaklida, paydo boʻlgan (Protagor, Pirron kabi faylasuflarning qarashlari asosida). Agnostitsizm keyinchalik ingliz donishmandi David Yum va nemis faylasufi Immanuel Kant va boshqa Gʻarb olimlari tomonidan rivojlantirilgan.

 

Agnostiklarning fikricha, dunyoni yaxlit va bir butun holda bilib boʻlmaydi. Inson uning bir qisminigina bilishga qodir, xolos. Ular oʻz fikrini oqibatning sababdan farq qilishi bilan asoslab berishga urinadi. Ular oqibat sababdan farq qiladi, shuning uchun narsa hodisalarning mohiyatini anglash mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu oqim namoyandalari obyektiv ravishda mavjud boʻlgan sabab va oqibat oʻrtasidagi bogʻliqlikni isbotlash mumkin emasligiga asoslanib, aposterior, yaʼni tajribadan oldingi bilim vositasida, shuningdek, mantiq yoʻli bilan ham oqibat va sabab oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash mumkin emas, degan gʻoyani ilgari suradi. D.Yumning fikriga koʻra, tabiat moʻjizalar kitobini toʻliq ochmaydi, bizga obyektlarning ayrim tashqi sifatlarini oʻrganish imkonini beradi, xolos. XIX asrda agnostitsizm gʻoyasi turli yoʻnalishlarda rivojlantirildi. Masalan, I.Myullerning agnostitsizmi (fiziologik idealizm), G.Gelmg olsning iyerogliflar agnostitsizmi, vulgar materialistlar (L.Byux ner, Ya.Moleshott)ning agnostitsizmi A.Puan karening konvensializmi, XX asrda esa P.Yushkevichning “prakseologik” agnostitsizmi bunga yaqqol misol boʻla oladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 192
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 546
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 321
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 488
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 917
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232733
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112554
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65107
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54971
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49395
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39051
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38084
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36621
“Avesto”

//