Afv etish


Saqlash
14:04 / 26.04.2023 0 1183

Afv etish (kechirish) – bagʻrikenglik, mardlik va olijanoblik, yuksak gumanizm ifodasi boʻlgan, muhim tarixiy sana yoki umummilliy voqealar munosabati bilan sud hukmiga koʻra jazo tayinlangan shaxs (mahkum) yoki shaxslar guruhining gunohidan kechishga qaratilgan siyosiy akt.

 

Oʻzbekistonda afv etish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi sud idoralari jazoga hukm qilgan shaxslarga nisbatan ularning oʻzlari tomonidan afv soʻrab berilgan iltimosnomaga binoan qabul qilinadi. Afv etish akti mahkumlarni asosiy yoki qoʻshimcha jazodan butunlay yoki qisman ozod qilish; jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish; sudlanganlikni olib tashlash koʻrinishlarida amalga oshiriladi. Afv etish masalasi koʻrilayotganida sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, mahkumning shaxsi, uning xulqi, mehnatga munosabati, jazoni oʻtash joylaridagi tashabbuskor tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlishi, yetkazilgan zararni oʻz ixtiyori bilan qoplagani kabi holatlar eʼtiborga olinadi. Amaldagi qonunchilikka binoan, afv soʻrab berilgan iltimosnoma rad etilgan taqdirda, olti oydan keyin yana shunday ariza bilan murojaat qilish mumkin. Mahkum afv etilsa, bu haqda Prezident farmoni chiqariladi va ijro etish uchun yuboriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 192
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 546
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 321
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 488
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 917
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232733
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112554
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65107
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54971
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49395
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39051
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38084
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36621
“Avesto”

//