Avlod


Saqlash
17:04 / 25.04.2023 0 1126

Avlod (arabcha bolalar) – tor maʼnoda alohida bir shaxs, oila yoki sulolaning davomchisi boʻlgan farzandlar va ularning zurriyotlari, keng maʼnoda esa millat, xalq, sivilizatsiya rivojining muayyan bosqichida yagona gʻoya, maqsad va vazifalar bilan maydonga chiqadigan, taraqqiyot jarayonida uzviylik va davomiylikni taʼminlab, oʻz davri qiyofasini belgilab beradigan, ijtimoiy hodisa darajasiga koʻtariladigan kishilar guruhi.

 

Avlodning kamolotida ajdodlar tajribasi, urf-odat va anʼanalari muhim rol oʻynaydi. Avlod tarixiy davrlar, muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar, ijtimoiy toifalar, kasb-kor va faoliyat sohasiga mansubligiga, yosh xususiyatlari, ijtimoiy xususiyatlariga qarab farqlanadi. Masalan, istiqlol davrida voyaga yetgan barkamol avlod, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan avlod, yosh avlod, keksa avlod, erkin avlod, yozuvchilar avlodi, kosmonavtlar avlodi va hokazo. Avlod tushunchasi nabotot va hayvonot dunyosi, inson mehnati, aql-zakovati bilan yaratilgan narsa hamda vositalarga nisbatan ham keng qoʻllanadi. Masalan, gʻoʻza navlarining keyingi avlodi, sut emizuvchilar avlodi, yangi avlod darsliklari va hokazo.

 

Avlodlararo vorisiylik – ajdodlar bilan avlodlar oʻrtasidagi qondoshlik aloqalari, munosabat, anʼana va qadriyatlarning davom etishini, nasliy, maʼnaviy-axloqiy yaqinlikni anglatadigan tushuncha. Sharq xalqlari hayoti jamoaviylik tamoyillariga asoslangan. Bu munosabatlar har qaysi xalq yashayotgan zaminning oʻziga xos xususiyatlari bilan bevosita bogʻliq holda shakllanib, asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelmoqda. Avlodlararo vorisiylikni maʼnaviy jihatdan taʼminlashda anʼana va qadriyatlarning davomiyligi muhim rol oʻynaydi.

 

Har qaysi davrning talabi, undagi ijtimoiy-iqtisodiy va gʻoyaviy-siyosiy omillarning taʼsiri ostida anʼana va qadriyatlar shakli rivojlanib, oʻzgarib boradi. Masalan, til, din, ilm-fan, yozuv va matnlarda tarix, xalq va millat haqidagi maʼlumotlar saqlanib, sayqallanib asrlar mobaynida ajdodlardan avlodlarga oʻtadi. Bu esa avlodlararo vorisiylikni taʼminlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy muloqot ham avlodlararo vorisiylikni taʼminlashning muhim omilidir. Ayniqsa, oila va mahallaning bu boradagi ahamiyati beqiyos. Bugungi kunda Avlodlararo vorisiylikni taʼminlashda zamonaviy axborot vositalari, jumladan, radio, TV, matbuot, adabiyot va sanʼat asarlari maʼnaviy merosni avlodlarga yetkazish vazifasini bajaradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//