Abad


Saqlash
15:04 / 25.04.2023 0 1454

Abad (arabcha) – boqiy, mangu, oxiri, nihoyasi yoʻq, makon va zamon taʼsiridan xoli, doimiy barqaror, hech qachon yoʻq boʻlmaydigan degan maʼnolarni anglatadigan, azalning davomiyligini ifoda etadigan tushuncha. Ayrim taʼlimotlarga koʻra, azal va abadda ustuvor boʻlish faqat Xudoga xos, boshqa hamma narsa oʻtkinchi, yaʼni ular azalu abad oʻrtasida mavjud boʻladi. Ona tilimizda abad soʻzi negizida shakllangan bir qancha tushunchalar mavjud. Chunonchi, toabad, obida soʻzlari shular jumlasidandir. Masalan, xalqimizning oʻlmas salohiyati bilan yaratilgan noyob moddiy va maʼnaviy yodgorliklarga nisbatan aynan obida soʻzi qoʻllanadi. Bu jihatdan xalqimizning eng qadimgi davrlardagi hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan “Avesto” kitobi bebaho maʼnaviy obida boʻlib hisoblanadi.

 

Abadiy qadriyatlar – inson, millat, jamiyat hayoti va faoliyati uchun doimiy ravishda zarur boʻladigan qadriyat shakllarini ifodalaydigan tushuncha. Oila, mahalla, davlat va jamiyat institutlari, ona tili, din, avlodlar oʻrtasidagi vorisiylik, tarix va tarixiy xotira, tinchlik, barqa rorlik, ozodlik va farovonlik kabi inson uchun hamma vaqt zarur boʻladigan, hech qachon oʻz qadrini yoʻqotmaydigan eng yuksak tushuncha va tamoyillar abadiy qadriyatlar sifatida namoyon boʻladi. Bu qadriyatlar asrlar davomida dunyodagi buyuk maʼrifatparvar alloma va mutafakkirlarning eʼtiborida boʻlib kelgan. Xususan, xalqimizning bebaho maʼnaviy merosi boʻlmish “Avesto” kitobidagi “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal” tamoyili, Imom Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy singari ulugʻ ajdodlarimizning asarlarida ifoda etilgan adolatli jamiyat, komil inson, tinchlik va farovonlik gʻoyalari bugungi kunga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmasdan kelmoqda. Hamma zamonlarda ham abadiy qadriyatlarlarni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish uchun tinimsiz kurash olib boradigan fidoyi insonlar bilan birga, bu yoʻlda toʻsiq boʻladigan, abadiy qadriyatlarlarni soxtalashtirib, odamzodni asl insoniy qiyofasidan mahrum etishga urinadigan vayronkor kuchlar ham albatta boʻladi. Hozirgi murakkab globallashuv zamonida abadiy qadriyatlarni soxtalashtirishga qaratilgan ana shunday tahdid va xatarlarning mohiyatini, gʻarazli maqsadlarini har tomonlama ochib, ularga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 192
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 546
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 321
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 488
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 917
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232733
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112554
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65107
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54971
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49395
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39051
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38084
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36621
“Avesto”

//