Oʻzbekchilik


Saqlash
17:04 / 20.04.2023 0 1884

Oʻzbekchilik – oʻzbek millatiga xoslik, uning maʼnaviyati, madaniyati, anʼana, urf-odatlari bilan uzviy bogʻliqlikni anglatuvchi tushuncha. Oʻzbekchilik keng maʼnoli tushuncha, oʻzbek millatiga mansub kishilarning feʼl-atvori, yurish-turishi, soʻzlashi, kiyinishi, xatti-harakati, odatlarida ham unga xos koʻplab jihatlarni kuzatish mumkin. Milliy maʼnaviyatimizning asosiy ustunlaridan boʻlgan “axloq”, “odob”, “madaniyat” va “maʼrifat” soʻzlari, avvalo, oʻzbekchilikga xoslikni talab qiladi. Bu tushunchaning oʻzbekchilik anʼanalari asosida shakllanishi yuksak milliy maʼnaviyatga yetishishning eng samarali yoʻlidir.

 

Insonning oʻzi yashaydigan jamiyatga oid rasm-rusumlarni hurmat qilishi, oʻzbekchilik anʼanalari doirasida hayot kechirishi, shundan faxr-iftixor tuyishi, yurti, yurtdoshlariga boʻlgan munosabati uning maʼnaviyatini belgilovchi omillardandir. Shulardan kelib chiqib, oʻzbekchilikni milliy qadriyat deb aytish mumkin. Oʻzbekchilik anʼanalarining (mehmondoʻstlik, olijanoblik, atrofdagilarga hurmat-eʼtibor, yaqinlarni qadrlash) boshqa xalq maʼnaviyati, madaniyatiga taʼsiri, insoniyat manfaatlariga xizmat qilishi uning umuminsoniy xususiyati hisoblanadi. Mustaqillik yillarida oʻzbekchilik tushunchasi bilan bogʻliq koʻplab milliy qadriyatlar yuzaga chiqdi. Chunki oʻtgan davrda “sovet xalqi” degan mavhum tushuncha ostida Ittifoqdagi barcha xalq va elatlarni (etnik xususiyatlari, urf-odat va anʼanalariga xilof ravishda) bir yagona ijtimoiy birlikka mansub deb bilish, bunda ularning asrlar davomida shakllangan barcha oʻziga xosliklarini bir-biriga singdirib, yoʻqotib yuborish maqsadi nazarda tutilgan edi.

 

Bugun izchil davom etayotgan islohotlarning bosh maqsadi xalqimizning oʻz-oʻzini anglashiga, oʻz milliy qadriyat va anʼanalarini tiklashiga qaratildi. Oʻz-oʻzini anglash esa oʻzbek xalqining oʻzbekligini anglash, “Oʻzbekchilik”ning qanday hodisa ekanini bilish, shu etnik birlikka mansub ulugʻ shaxslarning buyuk bunyodkorlik ishlari, yaratgan va avlodlarga qoldirgan moddiy, madaniy-maʼrifiy merosga vorislik hissini tuyish bilan belgilanadi. Maʼlumki, Oʻzbekchilik tushunchasi ayni chogʻda gʻurur, iftixor tuygʻulari uchun ham asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, oʻzbek millatiga mansub odam oʻzbekona andisha, soddalik yo biror boshqa sabab bilan nojoʻya ish qilib qoʻygan paytda “Oʻzbekchilik-da” degan ibora qoʻllanib, jonli muloqotda bu soʻz baʼzan salbiy maʼnoda ham qoʻllanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 566
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 836
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113230
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67484
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56304
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50735
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39385
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39110
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38462
“Avesto”

//