Animizm


Saqlash
17:04 / 20.04.2023 0 8585

Animizm (lotincha anima – ruh, jon) – tirik mavjudotlar, predmet va hodisalarning goʻyo ruh hamda jonga asoslanishi haqidagi tasavvurlarni anglatadi. Animizm barcha ibtidoiy diniy tasavvurlarning negizini tashkil etadi. Animizmda moddiy obyektlar ruhiy mavjudotlar dunyosi bilan toʻldirilgan boʻladi.

 

Animizm atamasi ilk bor nemis olimi Shtal (1708) tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. 1871-yilda animizm atamasi ingliz olimi I.Teylor tomonidan etnografiya fanida qoʻllanadi. G.Shtal animizmni hayotning boshlanishi haqidagi taʼlimot deb tushungan, Teylor esa uni nafaqat jon va ruhlarga ishonish, balki dinning kelib chiqishi haqidagi taʼlimot, tanadan jonning ajralib chiqishi, dinning asosi deb hisoblagan. R.Marett, Frezer, L.Shternberg kabi faylasuflar animistik dunyoqarashni jodugarlik, afsungarlik hamda butun tabiatni jonlantirish (animatizm) haqidagi tasavvurlar deb talqin etgan. Ibtidoiy odamlar inson vafot etganidan keyin uning ruhi chaqaloqqa oʻtadi, ruhi oʻzi yashagan joyda boʻladi, deb bilgan. Abadiy ruh haqidagi tasavvur shu davrda paydo boʻlgan. Animizm din haqidagi mifologik rivoyatlar negizida vujudga keldi.

 

XIX asrning 70–80-yillaridan animizm keng oʻrganila boshlandi. Oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab ayrim katolik cherkovi vakillari (Shmidt va boshqa), Marett va Vundt singari olimlarda animizmni cheklanganlikda bir tomonlama hukm chiqarishda ayblovchilarga qarshi kurash olib bordi. Animizm oʻz rivojida barcha dinlarga taʼsir qilib, turli mamlakatlarga tarqaldi. Animizmning taʼsiri Markaziy Osiyo musulmonlari hayotida uchrab turadigan ayrim marosimlarda, jumladan, marhumlar shaʼniga turli xudoyilar, xatmi Qurʼon, is chiqarish kabi udumlarda saqlanib qolgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 566
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 836
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113230
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67484
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56304
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50735
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39385
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39110
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38461
“Avesto”

//