Paternalizm


Saqlash
16:04 / 20.04.2023 0 1532

Paternalizm (lotincha paternus – otaga taalluqli) –

1) dastlab Italiyada paydo boʻlgan, kattaning kichikka, qarindoshning qarindoshga, ustozning shogirdga, yaqinlarga nisbatan gʻamxoʻrligi asosida faoliyat yuritishni ifodalagan atama;

2) ijtimoiy munosabatlarga kirishayotgan tomonlar oʻrtasidagi mavjud ishlab chiqarish munosabatlarini uygʻunlashtirish va barqarorlashtirishga maʼnaviy omil taʼsirini ifodalaydigan tushuncha.

 

Ilk italyancha paternalizm tushunchasi asosida ish beruvchi bilan ish bajaruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda ish beruvchilar mehnat taqsimoti, mehnat muhofazasi va mehnatga haq toʻlashda mahalliy ish bajaruvchilarga nisbatan oʻz hamyurtlariga imtiyoz berayotgani tufayli ish bajaruvchilar ham mehnatga el-yurt manfaatlarini koʻzlab munosabatda boʻlishlari lozim, degan qarash yotadi. Demak, ish beruvchilarning oʻz hamyurtlariga xilma-xil moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish vositalarini qoʻllayotgani uchun ish bajaruvchilar ham murosaga kelib, ijtimoiy tengsizlik va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi bosh koʻtarmasliklari vatan ravnaqini taʼminlaydi.

 

Paternalizm gʻoyasiga koʻra, jamiyatda oʻrnatilgan va hukm surayotgan mehnat taqsimoti doirasida ish bajaruvchilar koʻp, ular arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan jahon bozoriga tez kirib borib, vatan shon-sharafini oshirishga qaratilgan “paternalistik” munosabatlar talablariga javob beradigan tartib-qoidalarga boʻysunishlari lozim. Paternalizm gʻoyasi keyinchalik Italiya doirasidan chiqib, boshqa rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy hayotiga ham tatbiq etildi. Hozirgi sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida paternalizm gʻoyasi rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarida ham namoyon boʻlmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 566
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 836
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113230
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67484
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56304
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50735
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39385
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39110
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38460
“Avesto”

//