Instinkt


Saqlash
16:04 / 20.04.2023 1 5631

Instinkt (lotincha instinctus – qoʻzgʻatish; ilhom) – tilak, mayl, tirik organizmning tashqi va ichki muhit taʼsirlariga nisbatan ongsiz ravishda, ammo tugʻma, maqsadli harakatlari yigʻindisi; reflekslar.

 

Instinkt mavzusi zoopsixologiyada chuqur oʻrganiladi va uning quyidagi turlari qayd etiladi:

1) ozuqa topish va oziqlanish;

2) himoyalanish;

3) poda (gala) boʻlib yashash;

4) nasl qoldirish;

5) oʻz nasliga gʻamxoʻrlik.

 

Dunyodagi har bir jonzot instinkt asosida yashaydi. Instiktiv xulqda reflekslar birin-ketin amalga oshadi. Ch.Darvin “Turlarning kelib chiqishi” asarida instinkt mavzusiga katta bob bagʻishlaydi. Unga koʻra instinkt “turlarning tanlanish xususiyati asosida vujudga kelgan, yashash uchun kurash natijasida davom etayotgan xatti-harakatlar yigʻindisidir. Instinkt tabiiy sharoitning oʻzgarishiga qarab oʻzgarib va moslashib boraveradi”. Ch.Darvinning fikri boʻyicha, instinktlar maʼlum bir tur uchun xulq-atvorning stereotip harakatlaridir (masalan, arilarda uya qurish). Bundan tashqari, Instinkt hayvonni faoliyatga undovchi impuls, mayl vazifasini bajaradi. Z.Freydning qarashlari ham Darvin konsepsiyasiga oʻxshaydi. Freyd insonlarni maʼlum bir maqsadni koʻzlab yashashga ulardagi ichki mayl va intilishlar majbur qiladi, degan fikrni yoqlagan. Lekin u instinktlar faqat ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi, degan qarashga qarshi chiqqan.

1 Izoh

Muslima

03:05 / 10.05.2024

1ta so‘z bilan aytilmagan.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 319
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 339
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236704
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115293
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68883
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58136
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52451
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41361
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40077
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40074
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//