Genetika


Saqlash
16:04 / 19.04.2023 0 2819

Genetika (yunoncha genesis – kelib chiqishga oid) – organizm irsiyati, oʻzgaruvchanligi qonuniyatlari hamda ularni boshqarish usullari toʻgʻrisidagi taʼlimot.

 

Genetika fan sifatida genlar kashf etilganidan keyin (Mendel, 1866) shakllana boshlangan. Irsiyatning xromosoma nazariyasining yaratilishi (Morgan, 1910) va bu nazariyaning genlarning xromosomalarda joylashganligini koʻrsatib berganligi biologiyada genetikaning qaror topishi yoʻlida yangi qadam boʻldi. Tashqi muhit omillari taʼsiri ostida oʻzgaruvchanlik genlarning tub xossasidir. 1944-yilda oqsil emas, balki nuklein kislotalar genetik informatsiyaning muhim manbai ekani asoslab berildi. DNK molekulalarining fizikaviy, kimyoviy va genetik mohiyatining Uotson va Krik tomonidan ochib berilishi (1953) tufayli hozirgi zamon molekulyar genetikasi va molekulyar biologiyaga asos solindi.

 

1926-yilda yangi yoʻnalish – populyatsiyalar genetikasi vujudga keldi. Genetika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish istiqbollari hujayralardan ajratilgan genlarning kimyoviy sintezi borasida olib boriladigan tadqiqotlar natijalariga bogʻliq. XX asr soʻnggi choragida inson genetikasi sohasida keng koʻlamli izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, gen muhandisligi sohasida olib borilayotgan izlanishlarda inson irsiyatini oʻzgartirish hamda klonlashtirishning maʼnaviy-axloqiy masalalariga eʼtibor kuchayib bormoqda. Mamlakatimizda gender teng ligini taʼminlashga qaratilgan maxsus strategiya qabul qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 566
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 836
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113230
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67484
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56304
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50735
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39385
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39110
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38460
“Avesto”

//