Zakot


Saqlash
14:04 / 19.04.2023 0 1931

Zakot (arabcha poklik, poklanish; sadaqa) –

 1) mol-mulk va daromaddan beriladigan xayr-ehson;

 2) islomning beshta asosiy talablaridan biri.

 

Shariatga muvofiq, muayyan boylikka ega boʻlgan katta yoshdagi musulmon kishi zakot beradi. Zakot beruvchining mablagʻi oʻzi va qaramogʻidagilarining zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha boʻlishi lozim. Bu mablagʻga kishining jamgʻarmasi, doʻkonda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qoʻygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. U yilda bir marta berilishi shart boʻlgan xayr-ehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. Zakot miqdori mablagʻlarning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng, uni zakot berolmaydigan musulmonlar olishga haqli. Zakot avval qarindoshlar orasidagi muhtojlarga, bunday qarindoshlar boʻlmasa, kambagʻal, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan zakot miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan. Zakotning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 566
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 836
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113230
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67484
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56304
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50735
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39385
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39110
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38460
“Avesto”

//