Toksikomaniya


Saqlash
15:04 / 18.04.2023 0 6008

Toksikomaniya (yunoncha zahar, aqlsizlik, ishtiyoq, berilish) – ijtimoiy-ma’naviy buzilish shakllaridan biri, intoksikatsiya tabiatidagi ruhiy kasalliklar guruhi, psixotrop kayf berish samarasiga ega tabiiy yoki sun’iy moddalarga odatlanish, ularni muntazam yoki vaqti-vaqti bilan iste’mol qilish.

 

Toksikomaniya ijtimoiy kasalliklar toifasiga kiradi va insonning o‘zi uchun ham, jamiyat va qonunchilik uchun ham xavfli hisoblanadi. Namoyon bolishi uch sindrom bilan tavsiflanadi:

 

1) narkotik ta’siri, me’yori oshib ketganida, qarshilik qilish belgilarining o‘zgarganlik sindromi (modda kiritilganda yuzning burishib-tirishib ketishi, barbitlarni iste’mol qilganda qayt qilish va hokazo), bu – giyohvandlikda, masalan, boshlang‘ich me’yordan bir necha yuz barobar oshishi, iste’mol shaklining o‘zgarishi (toksik me’yorning har kuni qabul qilinishi – masalan, bir kunda narkotik moddaning bir necha marta organizmga kiritilishi yoki barbitlarni surunkali qabul qilish), mast bo‘lish shaklining o‘zgarishi (kayfning boshlang‘ich sarxush qiluvchi samarasining tezda yo‘qolishi, toksikomanning ruhiy va jismoniy nochor hamda nogironlashgan ahvolga kirishi);

2) ruhiy bog‘lanib qolganlik sindromi (buning tarkibiga narkotik modda xumori ustunlik qilgan holda u bilan bir vaqtda bu istakka qarshi ruhiy kurash xohishi ham mavjud bo‘lishi), ruhiy xushnudlik holati, bu intoksikatsiya tufayli yuz beradi, u bo‘lmaganda noxush ruhiy holat namoyon bo‘ladi;

3) tabiiy bog‘lanib qolganlik sindromi (bunda ochlik yoki chanqoqlik singari, lekin unga qarshi hech qanday kurashsiz, butun diqqat-e’tiborini narkotik topish va qabul qilishga qaratish), me’yor ustidan nazoratni yo‘qotish ba’zan qisman, ba’zan o‘limga olib keluvchi miqdorda me’yorni oshirib yuborish, xumor sindromi, intoksikatsiya holatidagi jismoniy tetiklik – faqat shundagina mijoz o‘zini ozmi-ko‘pmi yaxshi, ya’ni toksikomaniya boshlangungacha bo‘lgan holatga yaqin sezadi, u tarqalgandan so‘ng o‘zini tushkun, majruhdek his etadi.

 

Toksikomaniya so‘zsiz ruhiy xastalik va shaxsning tanazzuliga olib keladi, umrni o‘rtacha 20–35 yilga qisqartiradi. Jinoiy ishlarga aralashish xavfini keskin oshiradi. Toksikomaniya insonning ma’naviy dunyoqarashi izdan chiqqanligi yoki pastligini ham bildiradi. Toksikomaniya berilgan shaxslar na dunyoviy, na diniy jihatdan uni qoralovchi manbalarga e’tiborsiz, demakki, ma’naviy jihatdan qilayotgan ishining mohiyatini tushunishdan yiroq bo‘ladilar. Bunday shaxslarni yo‘ldan qaytarishda dori-darmon vositasi bilan bir qatorda ma’naviy-ruhiy tushuntirish ishlari ham yo‘lga qo‘yiladi va ko‘p hollarda ma’naviy tarbiya, tushuntirishdan yaxshi natija olinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 117
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 479
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 258
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 435
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 852
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232455
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112341
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64659
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54576
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49154
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38944
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37860
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36337
“Avesto”

//