Yurakdagi nihollar


Saqlash
16:10 / 25.10.2021 0 2306

Badavlat bir insonning o‘g‘li yomon xulqli bo‘lib, salbiy odatlarini hech tashlamas ekan. Boy o‘g‘lini tarbiyalash maqsadida uyiga aqlli bir ustozni taklif qilibdi. Ustoz uning muddaosini tinglab, yigitni yoniga olibdi-da, bog‘ bo‘ylab sayrga chiqishibdi. 

Ustoz yigitdan shu yerda o‘sayotgan kichkina bir niholni yulib tashlashini so‘rabdi. Yigit ikki barmog‘i orqali niholni osongina ko‘chirib olibdi. Shundan so‘ng ustoz yigitga daraxt bo‘lib ulgurgan ko‘chatni yulishini buyuribdi. Yigit zo‘r berib, bor kuchini ishlatib daraxtni yerdan sug‘uribdi.

Endi esa manavinisiga urinib ko‘r, -deya ustoz kattakon va sertomir daraxtga ishora qilibdi.

Yigit qanchalik urinmasin, daraxt qilt etmasmish.

        Buning iloji yo‘q, -deb tan olibdi yigit.

Ana shunday! Bizdagi yomon odatlar ham ko‘chatga o‘xshaydi, -nasihat qilibdi ustoz, -avvaliga nihol, keyin esa ulkan va bahaybat daraxtga aylanadi. Uni vaqtida qalbimizdan yulib tashlasak, ish oson kechadi. Vaqtni boy bergan sarimiz esa u tomir boylab, butun tanimizni egallab boraveradi. Oqibat istasakda, uni yurakdan sug‘urib tashlolmaymiz.

Yigit bu gaplardan so‘ng o‘z xulqi haqida chuqur o‘ylab ko‘ribdi va qalbida unayotgan yomonlik ko‘chatlarini vaqtida sug‘urib tashlashga ahd qilibdi.

 

Abu Ammar,

Nodira Ibrohimova tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 333
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 567
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 503
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 840
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233825
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113242
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67497
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56314
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50752
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39387
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39127
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38485
“Avesto”

//