Romantizm


Saqlash
15:04 / 17.04.2023 0 1613

Romantizm – badiiy adabiyot va san’atdagi ijodiy yondashuv va uslublardan biri. Romantizm, realizm, tanqidiy realizmning har biri adabiy taraqqiyot jarayonining ma’lum bosqichida tarixiy zarurat sifatida yuzaga kelgan, biri ikkinchisining tug‘ilishiga zamin hozirlagan. Shuning uchun bu ijodiy uslublarning bir-biridan farqli belgilarini, har biriga xos xususiyatlarni bilib olish muayyan tarixiy davrda yaratilgan asarlarning qanday yo‘nalishda yaratilganini aniqlashga yordam beradi.

 

Yozuvchi o‘z davri uchun xarakterli hodisa va hayotiy voqeliklarni ajratib olib, ularni o‘z asarida umumlashtirib tasvirlar ekan, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi, estetik jihatdan baholaydi. Yozuvchining xuddi ana shu munosabati va bahosida uning tasvirlash prinsipi, ijodiy yondashuvi o‘z ifodasini topadi. Romantizm hayotning o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash tamoyiliga asoslanadi. Shuning uchun romantizm uslubi asosida yaratilgan asarlarda voqelikka nisbatan ijodkorning erkin yondashuvi yaqqol namoyon bo‘ladi, ya’ni tasvirda hayotiy faktga qaraganda badiiy to‘qima ustunlik qiladi, fantaziya, ramziylik va badiiy mubolag‘aga keng o‘rin beriladi, yuksak timsollarni tasvirlash ustuvor ahamiyat kasb etadi. Romantik asarlarda yozuvchi orzu qilgan narsalarni bo‘rttirib tasvirlaydi, o‘zi yashab turgan hayotdan noroziligini ifoda etadi. Shuning uchun bunday asarlarda yozuvchi yashagan davr, ijtimoiy munosabatlar ifodalanishi bilan birga, asar qahramoni hukmron guruhlarga qarshi qo‘yiladi.

 

Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar hayot haqiqatidan yiroq, undan butunlay ajralib qolmagan bo‘lsada, bu timsollar bevosita hayotiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylangan obrazi bo‘lmay, balki ular orzu qilgan hayotning in’ikosidan iborat. Romantizm uslubi asosida yaratilgan asarlardagi obrazlar romantik obrazlar deyiladi. Masalan, Alisher Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqa timsollar romantizmga yo‘g‘rilgan bo‘lib, buyuk mutafakkir shoir ular orqali o‘zining ilg‘or qarashlari, jumladan, ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, yaxshi va yomon amallar haqidagi g‘oyalarini g‘oyat ta’sirchan romantik tasvirlar vositasida ifoda etgan hamda insonlarni yuksak ma’naviy amallar sari yetaklagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 285
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 263
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 614
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 359
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 535
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233044
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112791
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65490
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55315
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49675
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39135
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38250
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37051
“Avesto”

//