O‘zini o‘zi boshqarish


Saqlash
16:04 / 14.04.2023 0 6401

O‘zini o‘zi boshqarish – ma’naviyatning keng miqyosli vazifalaridan biri sifatida har bir shaxs va butun jamiyatni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun xizmat qiladi. Ahloqiy ma’nodagi o‘zini o‘zi boshqarish odamlardagi nafsni jilovlash, salbiy oqibatlarga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish, individning o‘zini o‘zi boshqarishi, axloqning insonparvar me’yorlarini hayotga tatbiq etish kabi masalalarni hal etishga qaratilgani bilan muhimdir.

 

Bunda odamlarning axloqi va o‘zaro munosabatlari jamiyat fikri hamda shaxsning axloqiy o‘z-o‘zini baholashi asosida ma’qullash yoki tanbeh berish yordamida boshqariladi. O‘zini o‘zi boshqarish ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi Rimdayoq bu boshqarish turi mustaqil faoliyat sifatida tan olingan. O‘zini o‘zi boshqarish, avvalo, qon-qardosh jamoa – oilada shakllanadi. O‘zini o‘zi boshqarish ma’naviy hayotda ham keng tarqalgan bo‘lib, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish, shaxs o‘zini o‘zi boshqarishi, oila o‘zini o‘zi boshqarishi va hokazo mavjud.

 

O‘zini o‘zi boshqarish xalq turmush tarziga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Siyosiy jihatdan o‘zini o‘zi boshqarish esa turli jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari faoliyatida o‘z ifodasini topadi. O‘zini o‘zi boshqarish – bu ijtimoiy ishlar yuzasidan yig‘ilishda kelishib yoki saylangan vakillar yordamida qarorlar qabul qilishdir. Shuningdek, mamlakatimizda mahalla o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmasi sifatida oiladan fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun axloqiy ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bunday tuzilma, o‘ziga xos noyob ijtimoiy institut Gʻarb olamida yo‘q. Bu hol mamlakatimizda fuqarolik jamiyatiga o‘tish jarayonining jadallashuvi va oson kechishiga xizmat qiladi. Shu ma’noda, mahallani o‘zini o‘zi boshqarish maktabi, ta’bir joiz bo‘lsa, demokratiya darsxonasi, deb atash mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 348
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 585
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 526
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 861
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 562
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233886
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113282
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67616
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56453
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50879
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39411
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39198
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38631
“Avesto”

//