Bioetika


Saqlash
22:04 / 13.04.2023 0 10003

Bioetika – ma’naviyat sohasidagi ilm-fan yo‘nalishlaridan biri; hozirgi zamon axloqshunosligining muhim sohasi. Bioetikada inson hayoti eng oliy axloqiy qadriyat sifatida talqin etiladi, insonlar va shaxslararo munosabatlarning ma’naviy-axloqiy omili, deb qaraladi.

 

Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini axloqiy tamoyillar asosida tahlil etish asosida, tabiatni muhofaza qilish mas’uliyati bioetikaning madaniy negizini tashkil etadi. Bioetika ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda, qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi. Bioetikaning maqsadlaridan biri – inson xatti-harakati, ongi, ruhiyati va irsiyatini o‘zgartirish maqsadida o‘tkazilayotgan tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat. Bioetikaga taalluqli muammolarning turli jihatlari faylasuflar, huquqshunoslar, sotsiologlar, tibbiyot xodimlari va ijtimoiy axloqshunoslar ilmiy izlanishlarida o‘z ifodasini topmoqda. Bioetika muammosining dolzarblashuvi ilmiy-texnika taraqqiyoti, biogenetika, irsiyat texnologiyasi va gen injeneriyasining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, tabiiy muhitni muayyan maqsadga mos ravishda o‘zgartirish imkoniyati yaratilmoqda.

 

Tabiiy evolyutsiya jarayonlari million yillar mobaynida kechgan bo‘lsa, endilikda inson uchun bu jarayonlarni keskin jadallashtirish imkoni tug‘ildi. Masalan, irsiyat texnologiyasi va biotexnologiya usullari vositasida irsiyatni o‘zgartirish, tirik mavjudotlar, yangi organizmlar, biologik robotlar yaratish masalalari ilgari surilmoqda. Bu hol insonning yashab qolishi va istiqboli bilan bog‘liq talay muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu bois irsiyatga qanday axloqiy mezonlar, maqsad-muddaolar, qaysi qadriyatlarga tayangan holda yondashish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 185
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 538
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 316
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 484
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 911
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232715
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112545
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65076
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54946
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49380
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39041
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38051
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36606
“Avesto”

//