Illyuziya


Saqlash
17:04 / 13.04.2023 0 3895

Illyuziya (lotincha illysio – xato, adashish, yanglishish) – tana a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni noto‘g‘ri (noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayoni. Ba’zan psixologiyada noto‘g‘ri idrok qilishga olib keladigan qo‘zg‘atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha configyratio – tashqi tuzilishda o‘xshashlik, o‘zaro o‘xshash, yondosh joylashuv) o‘zi ham illyuziya deb ataladi.

 

“Adekvat” tushunchasi lotincha “adaeqyatys”, ya’ni teppa-teng, mutlaqo mos, aynan to‘g‘ri demakdir. Hozirgi davrda kuzatishning eng samaralisi tasvirlarning ikki o‘lchovda ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar bo‘lib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuvida farq qiluvchi boshqa shakllar o‘rtasida o‘lchov (mezon) munosabatining buzilishida namoyon bo‘ladi. Tasvirlar yorug‘ fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya’ni ular kontrast (fransuzcha contraste – keskin qarama-qarshilik) holat mahsuliga aylanadi. Boshqacha aytganda, ular yorug‘lik bilan fon o‘rtasidagi munosabat ifodasidir. “Fon” tushunchasi fransuzcha “fond” so‘zidan olingan bo‘lib, asos, negiz, tag ma’nosini bildiradi.

 

Aksariyat illyuziyalar ko‘rinadigan harakatlar bilan bog‘liq, chunonchi:

1) qorong‘ulikda harakatsiz yorug‘lik manbaida nurlarning tartibsiz tarqalishi (yoyilishi);

2) fazoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur’atlar bilan namoyon etib turishi harakat taassurotini vujudga keltiradi (stroboskopik harakat);

 

3) harakatsiz obyektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo‘nalishga qo‘yish harakat tuyg‘usini paydo qiladi (induksion harakat).

 

Illyuziyaga misol tariqasida temir yo‘l o‘rtasida turib uni kuzatsak, har ikkala chiziq bora-bora bir-biri bilan qo‘shilib yoki kesishib ketgandek tuyuladi, vaholanki, ular hech qachon bir-biri bilan kesishmaydigan parallel chiziqlardir. Quyoshning Yerga nisbatan munosabati ham xuddi shunday noto‘g‘ri idrok qilinadi. Sarob hodisasi illyuziyaning yana bir ko‘rinishidir. Idrok hodisasi ko‘ruv, eshituv, harakat idroki kabi hodisalarga xosdir. Masalan, osmondagi samolyotning, uzoqdagi avtomobilning harakatlari inson tomonidan noto‘g‘ri idrok qilinishi tufayli joyidan qo‘zg‘almayotgandek tuyuladi. Allaqanday tovush va sharpalarning eshitilishi eshitish illyuziyasi deyiladi.

 

Psixologiyada ko‘rish bilan bog‘liq illyuziyaning olti turi mavjud ekani ta’riflab berilgan. Illyuziya shaxsning ta’sirlarga beriluvchanligi, e’tiqodi va mavqeiga, o‘zini o‘zi baholash tizimi hamda ruhiy xastalikka uchrashiga, yuzaga kelgan vaziyatga bog‘liq. Ijtimoiy joylashuv, assotsiatsiya, ehtiyoj, tajriba, emotsiogen omil, transformatsiya, toliqish, axborot kabilar illyuziya manbaidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 156
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 200
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1474
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224020
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107280
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 53281
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 38573
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 37817
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 30183
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30028
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29308
Alpomish

//